Vahşiylarça öldirilgan Narinning otasi Erdöğanning huzuriga otlandi
2024 yilda Diyorbakir viloyati Boğlar tumanining Tavşantepa qişloğida bedarak yöqolganidan 19 kun ötib jasadi topilgan 8 yoşli Narin Guranning otasi Orif Guran işni qayta körib çiqişni talab qilib, Diyorbakir şahridan Anqaraga piyoda yurişni boşladi. Qizining qabrini ziyorat qilganidan söng yölga çiqqan Guran qariyb ming kilometrlik yuriş Prezidentlik Kulliyasi oldida yakunlanişini aytdi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
.png)
Qayd etilişiça, Narin Guranning otasi Orif Guran qizining ölimi bilan boğliq işni qayta va xolis tarzda körib çiqiş maqsadida Diyorbakir şahridan Anqaraga “adolat yurişi”ni boşlagan. Orif Guran yurişi orqali Prezident Rajab Toyib Erdöğanga öz ovozini yetkazmoqçi ekanini, manzil esa Kulliya oldi bölişini aytgan.
.png)
“Bu mamlakatda qizimning haqqini yerda qoldirmaydigan yagona inson bor. U ham faqat janob Prezidentdir. Bu yöl faqat uning oldiga boriş uçundir”, degan u.
Yuriş oldidan Tavşantepa qişloğidagi Narinning qabri ziyorat qilingan. Şundan söng Orif Guran va uning hamrohlari yölga çiqqan.
.png)
Tadbirda Guranlar oilasi advokati Önur Aqdağ ham iştirok etib, Narinning ölimi böyiça olib borilgan tergov va sud jarayonida yöl qöyilgan, deb hisoblayotgan kamçiliklarga töxtalgan. Uning aytişiça, oila ikki yildan beri işni qayta körib çiqiş uçun huquqiy kuraş olib bormoqda.
.png)
.png)
Advokat tergov davomida ayrim muhim dalillar yöqolganini davo qilgan. Jumladan, harbiy kameralardagi avvalgi yozuvlar öçirilgani, Narin Guranning amakisi Salim Guranning telefonidagi muhim audioyozuv yöq qilingani, Narinning qöşnisi Nevzat Baxtiyorning telefonida esa huquq-tartibot organlarida bölgan paytda uni qayta tiklaşga uriniş qilinganini bildirgan.
Aqdağ sud jarayoni davomida “WhatsApp hisoboti” deb atalgan hujjat soxta ekani aniqlanganini ham davo qilgan. Uning aytişiça, işdagi “toraytirilgan baza hisoboti” kamera tasvirlari, audioyozuv va boşqa raqamli malumotlarga zid keladi. Advokat Narin uyiga yetib bormagani, söqmoq boşida boşqa bir şaxs tomonidan olib ketilib, Nevzat Baxtiyorning molxonasi tomon olib borilgani haqidagi xulosani ham ilgari surgan.
Aqdağ bu malumotlar AQŞda yaxşilangan videotasvirlar asosida aniqlanganini va tegişli hisobotlar sudga taqdim etilganini aytgan. Şuningdek, advokat Salim Guranning telefonidagi malumotlar asosida uning qotillik sodir bölgan vaqtda Orifning molxonasi va uyi tomon harakatlangani haqidagi xulosaga zid dalillar mavjudligini bildirgan. Unga köra, Salim Guran öşa vaqtda uyida farzandlari bilan ötirib, ovqatlangan.
Advokatning aytişiça, Salim Guran dastlabki 30 daqiqada umuman harakat qilmagan, keyingi 30 daqiqada esa atigi 45 qadam taşlagan. Şu bilan birga, qotillik sodir bölgan vaqtda uning telefonida internet faolligi kuzatilgan.
Nevzat Baxtiyorning telefonida esa internet faolligi qayd etilmagan. Şuningdek, Salim Guranning telefoni soat 15:20 gaça quvvat olayotgani aniqlangan. Aqdağ sudlar uşbu malumot va hisobotlarni yetarliça inobatga olmaganini davo qilgan. U Narinning tanasidan aniqlangan PSA böyiça ham yetarliça etibor qaratilmaganini aytgan. Advokatning fikriça, birinçi instantsiya sudi, apellyatsiya sudi va Turkiya Oliy kassatsiya sudining qarorlari ham oilani qoniqtirmagan.
“Orif Guranning adolat uçun kuraşi bor edi. U bu kuraşni şaxsiy adolat yurişiga aylantirmoqçi böldi. Bu yurişning asosiy maqsadi şunçaki yölni tugatiş emas, balki Prezident Rajab Toyib Erdöğanga öz ovozini şaxsan yetkazişdir”, degan Önur Aqdağ.
Şundan söng Orif Guran ham yiğilganlarga murojaat qilib, qizi uçun haqiqat va adolat izlaşda davom etişini aytgan.
“Bu yölga çiqişimning yagona sababi qizimning haqqidir. Men Narin uçun nafaqat yölga çiqişga, hatto ölimga ham tayyorman. Narinning haqiqatini himoya qilayotgan minglab insonlar bor. Agar men bugun şu yölga çiqayotgan bölsam, sizlar ham bu haqiqatni himoya qilasizlar, deb işonaman”, degan u.
Guran Anqaraga yetib borgaç, yurişini Prezidentlik Kulliyasi oldida yakunlaşini bildirgan.
Malumot uçun, Guranlar oilasi avvalroq Adliya vazirligi huzuridagi Jinoyatlarni sodir etgan şaxslar aniqlanmagan işlarni örganiş departamentiga murojaat qilib, Narinning ölimi işini “jinoyatçisi nomalum” iş sifatida qayta körib çiqişni söragan.
Biroq vazirlik tomonidan ötkazilgan baholaşda jinoyatni “nomalum şaxs” sodir etganini körsatuvçi yoki işni qayta körib çiqişni talab qiladigan yangi va aniq holatlar aniqlanmagani sababli murojaat rad etilgan. Ayrim sudlanuvçilarga nisbatan çiqarilgan hukmlar Turkiya Oliy kassatsiya sudi tomonidan tasdiqlangani ham rad javobining sabablaridan biri sifatida körsatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Narin Guran vafotining ikkinçi yilida qabri boşida xotirlangani haqida xabar berilgan edi. Marosimda uning oilasi va köplab fuqarolar iştirok etgan.