Bugun ob-havo qanday böladi?
Bugun, 20 sentyabr kuni Özbekistonda havo 32 darajagaça isiydi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Unga köra, bugun kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32 daraja böladi.
Şuningdek, poytaxtda ham yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-31 daraja böladi.
Toğli hududlarning bazi joylarida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayadi. Harorat 22-27 daraja böladi.
Eslatib ötamiz, dam oliş kunlari Özbekiston hududi böyiça asosan kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turişi, şuningdek, qisqa muddatli yomğir faqat Namangan va Farğona viloyatlari toğli hududlarining bazi joylarida yoğişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.