USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tehronda fratsuz tili markazi josuslikda ayblanib yopildi

59 марта
Теҳронда фрацуз тили маркази жосусликда айбланиб ёпилди

Frantsiya Eron hukumati Tehrondagi elçixonasiga qaraşli frantsuz tili markazini yopganidan söng Eron elçisini çaqirib, tegişli çoralar körişini bildirdi. Bu haqda Frantsiya Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

“Erondagi Frantsiya madaniy huzuriga qarşi uşbu yangi hujum, joriy yilning ötgan iyul oyida Frantsiya elçixonasining ikki xodimiga qilingan hujumdan keyin sodir böldi va uni oqlab bölmaydi hamda qabul qilib bölmaydi”, degan Frantsiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Paskal Konfavryo bayonotida.

Ikki davlat örtasidagi munosabatlar Eronning yadroviy dasturi va Tehron tomonidan bir neça nafar Frantsiya fuqarosining uşlab turilişi sabab yillar davomida tarang bölib kelgan.

Frantsiya fuqarolari ozod qilinganidan keyin va Parij AQŞning Eronga qarşi uruşida iştirok etmasligini bildirganidan söng munosabatlar yaxşilangan edi. Biroq yozda Frantsiyaning ikki diplomati hibsga olinib, keyin mamlakatdan çiqarib yuborilganidan söng vaziyat yana keskinlaşdi. Frantsiya ham bunga javoban ikki nafar Eron diplomatini mamlakatdan çiqarişini malum qildi.

Eronning yarim rasmiy “Tasnim” axborot agentligi keça, 20 sentyabr kuni avvalroq Tehron prokuraturasining sud qarori asosida frantsuz tili markazi yopilganini xabar qilgandi.

Eron rasmiylari markaz bir neça yil davomida xorijiy tillarni öqitiş niqobi ostida faoliyat yuritganini va litsenziya oliş haqida bir neça bor ogohlantirilganini bildirgan. Tehron markazni Eron madaniyati va milliy xavfsizligiga qarşi faoliyatda ayblagan. Jumladan, rasmiylar markaz odamlarni aniqlaş va tarmoqlar tuziş, şuningdek, malakali eronliklarni mamlakatdan çiqib ketişiga kömaklaşiş bilan şuğullanganini aytgan.

Frantsiya bunday ayblovlarni avval ham rad etgan. Parij yil boşidagi namoyişlarni bostirişdan söng Eron fuqarolik jamiyatini qöllab-quvvatlaş va u bilan aloqalarni kuçaytirişga harakat qilgan bir paytda sönggi oylarda qörqitiş holatlari kuzatilganini bildirgan.

Diplomatlarning aytişiça, Eron Frantsiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barroning Mahsa Amini vafotining törtinçi yilligi munosabati bilan yaqinda ijtimoiy tarmoqda qoldirgan postiga ham norozi bölgan.

18 sentyabr kuni Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Barroning postiga javob qaytarib, uni “timsoh köz yoşlari” deb atagan va Parijni mustaqillik uruşi davrida 1,5 million nafar jazoirlikni öldirganlikda ayblagan.

“AQŞ maktab öquvçilarimizni qirganda sukut saqlaganingiz hammasini körsatib qöydi”, degan u. 

Aroqçi bu bilan Tehron AQŞ javobgar deb hisoblaydigan Erondagi hujumga işora qilgan. Ikki davlat Taşqi işlar vazirlari ertaga, 22 sentyabr kuni BMT Boş Assambleyasi doirasida dunyo yetakçilarining yillik yiğilişida uçraşişi kutilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: