Hafta davomida ob-havo qanday bölişi aytildi
Uşbu iş haftasi davomida Özbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, bazi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Faqat respublikaning ayrim toğli hududlarida va joriy yilning 24-25 sentyabr kunlari Farğona vodiysi viloyatlari böyiça bazi joylarda biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Havo harorati keçalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja atrofida, janubda 35-37 darajagaça böladi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toşkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçalari 15-18 daraja, kunduz kunlari 29-32 daraja, 25 sentyabrda 27-29 daraja böladi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.