Si Tszinpin 11 yil içida ilk bor AQŞga boradi
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin joriy yilning 23-25 sentyabr kunlari davlat taşrifi bilan Amerika Qöşma Ştatlarida böladi. Bu haqda Xitoy Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
“XXR Raisi Si Tszinpin 23-25 sentyabr kunlari davlat taşrifi bilan Amerika Qöşma Ştatlariga taşrif buyuradi”, deyiladi Xitoy taşqi siyosat idorasi axborotida.
Qayd etilişiça, taşrif AQŞ Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amalga oşirilmoqda. Amerika yetakçisi joriy yilning may oyida XXRga qilgan taşrifi çoğida Xitoy rahbari va uning rafiqasini mamlakatga borişga taklif etgan.
Taşrifning markaziy voqeasi Si Tszinpin va Donald Trampning uçraşuvi böladi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, şuningdek, dolzarb xalqaro masalalarni muhokama qilişni rejalaştirmoqda.
“XXR Raisi Si Tszinpin AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan Xitoy-Amerika munosabatlariga, şuningdek, global tinçlik va taraqqiyotga oid asosiy masalalar böyiça atrofliça fikr almaşadi”, deb xabar berdi XXR TIV.
Malumot uçun, bölajak taşrif Si Tszinpinning sönggi ön yildan ortiq vaqt içidagi AQŞga ilk taşrifi böladi. U oxirgi marta mamlakatga 2015 yilning sentyabrida, Amerika administratsiyasiga Barak Obama rahbarlik qilayotgan paytda taşrif buyurgan.
Eslatib ötamiz, Donald Tramp joriy yilning 14 va 15 may kunlari Si Tszinpin bilan uçraşiş uçun Xitoyga taşrif buyurgandi. Tramp undan oldingi Xitoyga taşrifini özining birinçi prezidentlik davrida – 2017 yilning 8-10 noyabr kunlari amalga oşirgan.