6 yillik nizo: Google 403 mln yevro jarimaga tortildi
Irlandiyada Google kompaniyasi va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş regulyatori örtasidagi olti yillik nizoga çek qöyildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, Google Irlandiyaning Malumotlarni himoya qiliş komissiyasi (DPC) tomonidan 403 mln yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Texnologik gigant foydalanuvçilarning joylaşuvi haqidagi malumotlarni kuzatib borgan va saqlagan.
“Tergovçilar Google’ning uçta funktsiyasini – “Internet va ilovalardagi harakatlar”, “Joylaşuvlar tarixi” va “Joylaşuv aniqligi”ni örganib çiqdi. DPC Google qayta-qayta GDPR talablarini buzganini aniqladi.
Kompaniya joylaşuv haqidagi malumotlarni noqonuniy va insofsizlik bilan qayta işlagan hamda qonuniylik, insoflilik va şaffoflik tamoyillariga rioya etilganini tasdiqlay olmagan”, deyiladi xabarda.
DPC, şuningdek, Google foydalanuvçilarning joylaşuvi haqidagi malumotlarni zarur bölganidan ortiqroq muddat davomida saqlaganini aniqlagan. Jarimadan taşqari, DPC Google zimmasiga olta oy muddat içida malumotlarni qayta işlaş amaliyotini qonunçilik talablariga muvofiqlaştiriş majburiyatini yuklagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning 29 ta ştati Meta Platforms kompaniyasini Facebook va Instagram platformalarini bolalar hamda ösmirlarda qaramlik keltirib çiqaradigan va ularning ruhiy salomatligiga salbiy tasir körsatadigan tarzda işlab çiqqanlikda ayblab, sudga davo arizasi kiritgandi.