USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Poraxörlikda ayblanib, uruşga ketgan sobiq mer halok böldi

273 марта
Порахўрликда айбланиб, урушга кетган собиқ мэр ҳалок бўлди

Belgorodning sobiq meri va Belgorod viloyati gubernatorining sobiq örinbosari Konstantin Polejayev Ukrainadagi uruşda halok böldi. Bu haqda sobiq mulozimning yaqinlariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Qayd etilişiça, mulozimning yaqinlari 54 yoşli Polejayevning halok bölgan joyi va holatlariga aniqlik kiritmagan. Rasmiy ravişda hokimiyat organlari bu malumotni hozirça tasdiqlagani yöq. Polejayev 2015 yildan 2019 yilgaça Belgorod meri bölib işlagan, söngra Belgorod viloyati gubernatorining uy-joy kommunal xöjaligi (UJX) masalalari böyiça örinbosari lavozimini egallagan. Xususan, u Ukraina tomonidan uyuştirilgan otişmalardan söng Şebekino va Novaya Tavoljankani qayta tiklaş uçun masul bölgan. 

2023 yilning iyul oyida gubernator Vyaçeslav Gladkov uşbu aholi punktlarida işlar sifatsiz bajarilgani sababli Polejayevni lavozimidan ozod etgan. Istefodan köp ötmay, sobiq mulozim pora oliş işi böyiça qölga olingan. Sud Polejayev davlat şartnomalarini tuziş va işlarni qabul qilişda homiylik qiliş evaziga quriliş kompaniyasi rahbaridan 17 mln rubl qiymatidagi lyuks avtomobillarni olganini aniqlagan. 2024 yilning avgust oyida sobiq mulozim 5 yilga qattiq tartibli koloniyaga va 36 mln rubl jarimaga hukm qilingan, biroq hukm çiqarilişidan bir neça kun oldin u Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolagan hamda suddagi sönggi sözida uruşda “jonini fido qilişga tayyor” ekanini malum qilgan.

2024 yilning oktyabr oyida Belgorod viloyat sudi harbiy qism komandirining iltimosnomasiga köra iş böyiça yurituvni töxtatib turgan va Polejayevni xizmat ötaş davrida hibsdan ozod qilgan. Uning Ukrainaga uruşga ketgani takidlangan. Biroq Belgorodning “Pepel” naşri sobiq mulozim frontga jönab ketmaganini, balki “BARS” safarbarlik rezervi otryadiga yozilganini yozgan. Şu bilan birga, “Pepel” manbalarining malumotlariga köra, Polejayev faqat nominal (nomiga) xizmat qilgan – amalda u vaqtini uyida oilasi bilan ötkazgan, şuningdek, Belgorod şifoxonasiga qatnab turgan.

2025 yilda BBC tergov hibsxonalari va koloniyalardan 102 nafar sobiq mulozim, parlament azolari va kuç tuzilmalari xodimlari uruşga ketişga muvaffaq bölganini hisoblagan. Ularning aksariyati – 79 kişi korruptsiyada, yana 16 kişi zöravonlik jinoyatlarida ayblangan. Öşa paytda jinoyat işi figurantlaridan 17 nafari halok bölgan yoki bedarak yöqolgan, qolganlari esa uruşni davom ettirayotgan bölgan. Öz navbatida, “Novaya gazeta. Yevropa” frontga jönab ketgan hokimiyat vakillarining mutlaq köpçiligi “VIP-qismlar”da panada ötirib, eson-omon uyga qaytgani haqida yozgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: