Turkiya Eron bilan aviatsiya va bank aloqalarini uzişni boşladi
AQŞ tomonidan Eron aviatsiya sohasiga qarşi joriy etilgan sanktsiyalar Turkiyani Eronga öz reyslarini bekor qilişga va uning aviakompaniyalaridan birining parvozlarini taqiqlaşga majbur etdi. Bundan taşqari, Eron bilan hamkorlik qilayotgan banklar ham zarba ostida qoldi. Bu haqda “Middle East Eye” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, Turkiyaning Turkiş Airlines milliy aviataşuvçisi, şuningdek, Pegasus va AJet aviakompaniyalari AQŞ sanktsiyalari kuçga kirgan 21 sentyabrdan etiboran Eronga barça reyslarni bekor qilgan. Dastlabki ikki kompaniya saytlarida 2027 yilning martigaça Eronga reyslar umuman qolmagan, Pegasus esa öz bron qiliş tizimidan bu kabi barça reyslarni öçirib taşlagan.
“Turkiş Airlines hatto yarim yildan keyin ham parvozlarni qayta tiklaşiga heç qanday kafolat yöq”, deydi kompaniya vakili “Iran International”ga.
Şuningdek, “Middle East Eye” naşrining yozişiça, Turkiya AQŞ tomonidan Eronning Mahan Air tijorat aviakompaniyasiga xizmat körsatgan turk kompaniyalariga qarşi sanktsiyalar joriy etilgaç, unga öz hududiga uçişni taqiqlagan.
Mahan Air 2011 yildayoq AQŞning “qora röyxati”da bölgan, 8 sentyabr kuni esa AQŞ mamlakatni “qurol-aslaha, harbiylar va noqonuniy yuklarni” taşiş imkoniyatidan mahrum qiliş maqsadida Eronning barça 27 ta aviakompaniyasiga qarşi sanktsiya kiritgan.
Bundan taşqari, çeklov çoralari ostiga eronliklarga xizmat körsatgan vositaçi va soxta firmalar, şuningdek, boşqa mamlakatlar, jumladan BAA va Turkiya kompaniyalari tuşgan.
“Bu qolgan Eron aviakompaniyalari bilan biznes yuritayotganlar uçun ogohlantiriş bölsin: siz global moliyaviy tizimdan uzilib qoliş xavfi ostidasiz”, deydi AQŞ Moliya vaziri Skott Bessent.
Hozirça Turkiya boşqa Eron aviakompaniyalarining parvozlariga taqiq qöygani yöq. Ammo ötgan dam oliş kunlari u mamlakatda bir neça ön yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan Eronning Bank Mellat bankidan litsenziyasini qaytarib olgan. Şuningdek, bank regulyatori Golden Global Investment Bank’ni öz nazoratiga olgan. Uşbu bank 2019 yilda islom qoidalari böyiça işlaydigan, yani foizsiz xizmatlar körsatuvçi birinçi turk investitsiya bankiga aylangan.
AQŞ hozirda Golden Global Investment Bank’ga qarşi Eron hukumati foydasiga moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirgani uçun sanktsiyalar kiritgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning iqtisodiy qamali kuçaytirilişi fonida Tehron Vaşington tomonidan harbiy bosim yumşatilgan va qamal olib taşlangan taqdirda Hormuz böğozida kemalar qatnoviga qayta ruxsat berişga tayyorligini malum qilgandi.