“Ğazo – davrimizning eng uyatli qirğini”. Erdöğan BMT minbarida nimalar dedi?
Ğazo bugun nafaqat dunyodagi eng katta qabriston, balki dunyoda amputatsiya körsatkiçi eng yuqori bölgan mintaqa hisoblanadi. Şuningdek, Ğazo – hozirgi davrning eng insoniylikka zid, eng uyatli qirğini. Bu haqda bugun, 22 sentyabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti 81-Boş Assambleyasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan gapirdi.
“Avvalambor, öz qayğumni izhor etmoqçiman. Azo mamlakatlar tomonidan rasman tan olingan Falastin davlatining muhtaram Prezidenti janob Mahmud Abbos ketma-ket ikki yildir-ki uşbu zalda iştirok eta olmayapti. Falastinlik birodarlarimizga nisbatan qilinayotgan bu adolatsizlik vijdonlarni yaralamoqda. Şuni bilişlarini istardimki, janob Abbosning özi bu yerda şaxsan qatnaşa olmayotgan bölsa-da, biz, xuddi ötgan yili bölganidek, ozod va mustaqil Falastin davlatining ovozi bölamiz”, deya gap boşlagan Turkiya yetakçisi.
Şuningdek, u 1945 yil 26 iyunda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomi imzolanayotganda mamlakatlar katta umid bilan quyidagilarni elon qilganini eslagan:
- Insoniyat Birlaşgan Millatlar xalqlari, bir inson umri davomida ikki marta insoniyatga tariflab bölmas ofatlarni keltirgan uruş ofatidan kelajak avlodlarni himoya qilişga;
- inson huquqlariga, inson şani va qadr-qimmatiga;
- adolatni saqlaş va şartnomalardan kelib çiqadigan majburiyatlarga hurmat körsatilişi uçun zarur şaroitlarni yaratişga;
- yaxşi qöşniçilik tamoyillari asosida tinç-totuv yaşaşga, xalqaro tinçlik va xavfsizlikni saqlaş uçun kuçlarni birlaştirişga qaror qilgan.
Erdöğanning aytişiça, Nizom imzolanganidan beri 81 yildan ortiq vaqt ötgan, ammo insoniyat hamon öşa kundagi irodaning hayotga tatbiq etiladigan kunlarini orziqib kutmoqda. Juda uzoqqa borişning hojati yöq. Sönggi bir yilga nazar solişning özi kifoya. Ortda qolgan 12 oy 60 dan ortiq nizo va uruşlar bilan sönggi 30 yilning eng qonli davrlaridan biri sifatida tarixga kirgan.
Turkiya yetakçisining sözlariga köra, Ğazodan Ukraina va Rossiyagaça, Myanmadan Erongaça 250 ming inson hayotdan köz yumgan. Bundan ança köpçilik tariflab bölmas azob-uqubatlarni boşdan keçirgan. Yuz minglab odamlar tuğilib ösgan yerlarini tark etişga majbur bölgan. Ğazoda 74 ming odam Isroil terrorining qurboni bölgan. Ular jufti halollari, ota-onalarining jasadlarini kavlab olmoqda. Isroil hujumlarida qöl va oyoqlaridan ayrilgan begunoh gödaklar yoğoçdan yasalgan protezlar bilan hayotga qaytişga harakat qilmoqda.
“Şifoxonalarda yoqilği tanqisligi sababli generatorlarning 70 foizdan ortiği hozirda xizmat körsata olmayapti. Farzandlari va nabiralarining ustida titrab turadigan ota va bobo sifatida, yuragimiz tilka-pora bölib şuni takidlaşga majburman: Ğazo bugun nafaqat dunyodagi eng katta qabriston, balki dunyoda amputatsiya körsatkiçi eng yuqori bölgan mintaqadir. Ğazo – davrimizning eng insoniylikka zid, eng uyatli qirğinidir.
Hammamizni larzaga solişi kerak bölgan bu manzaraning bizga aytayotgan gapi şu: bundan 81 yil oldin tinçlik va xavfsizlikni saqlaş uçun tuzilgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti bugungi kunga kelib bu vazifasini bajara olmaydigan holatga kelib qoldi. Taşkilot kuçsizlanişda davom etmoqda”, deydi Erdöğan.
Uning aytişiça, Falastinda, Sudanda va boşqa inqiroz mintaqalarida öz umidlarini Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga boğlaganlar çuqur hafsalasi pir holatda.
“Eslatib ötmoqçimanki, bir kun kelib hamma insoniyatning umumiy vijdoniga siğinişga majbur böladi. Bugun özimizni xavfsizlik, farovonlik va tinçlik içida his qilişimiz mumkin. Nizo va inqiroz mintaqalaridan uzoqda, qulaylik içida yaşaşimiz mumkin. Lekin ertaga nima bölişini heç birimiz bilmaymiz”, deydi Turkiya Prezidenti.
U şu sababli, xalqaro tizimga bölgan işonçni qayta tiklaşga qaratilgan bu yilgi Boş Assambleya mavzusini juda örinli deb hisoblaşini bildirgan.
“Janob Boş kotibning “Birlaşgan Millatlar Taşkiloti 80” taşabbusi bilan birga uşbu yönalişda körsatayotgan samimiy harakatlarini qöllab-quvvatlaymiz. Bu islohot irodasi keyingi Boş kotib davrida ham davom ettirilişini kutib qolamiz”, deydi Erdöğan.
Turkiya Prezidenti agar Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga bölgan işonç haqiqatan ham oşirilişi istalayotgan bölsa, qilinişi kerak bölgan işlar aniq ekanini qayd etgan.
“Falastinlik gödaklar xavfsizlikda böladi, osmonga qaraganlarida uruş samolyotlarini, dronlarni emas, erkin uçib yurgan varraklarni köradi. Livanda bolalar tun yarmida bomba ovozlaridan uyğonmaydi. Osiyolik mehnatkaşlarning peşona teri şafqatsiz kapitalistlar tomonidan ekspluatatsiya qilinmaydi. Afrikalik birodarlarimiz öz kelajagiga kamida eng farovon mamlakatlar fuqarolari kabi işonç bilan qaraydi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga bölgan işonç faqat şu yöl bilan qayta taminlanişi mumkin”, deydi Rajab Toyib Erdöğan.
Eslatib ötamiz, Rajab Toyib Erdöğan BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida sözga çiqib, Ğazodagi vaziyatni keskin qoralagan edi va mamlakatlarni Falastinni tan olişga çaqirgandi. Şuningdek, u Ğazodagi oçlikdan aziyat çekayotgan ayollar va bolalarning suratlarini körsatib, sodir bölayotgan genotsid “jonli efirda namoyiş etilayotganini” aytgandi.