USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp kelişuv bölmasa, Eronni yöq qiliş bilan tahdid qildi

72 марта
Трамп келишув бўлмаса, Эронни йўқ қилиш билан таҳдид қилди

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişilmasa, mamlakatni “yöq qilişi” mumkinligini aytdi, biroq BMT Boş assambleyasi doirasida diplomatik muzokaralar davom etayotgani va kelişuv yaqin orada tuzilişi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Tramp keça, 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasidagi nutqida söz oçdi.

Tramp nutq sözlar ekan, Eron böyiça katta qaror qabul qilişi kerakligini aytgan.

“Eron bilan unga tiklaniş va avvalgidan ança kuçli mamlakatga aylaniş imkonini beradigan kelişuv tuziladimi?.. Yoki men Islom Respublikasini yöq qilib, buni tezda amalga oşiramanmi, ularga yana odamlar va mamlakatlarni öldiriş hamda vayron qiliş imkonini bermaymanmi?”, degan Tramp.

Eron Qurolli kuçlari Trampning BMTdagi bayonotlarini propaganda deb atagan. Harbiylar Eronning javobi “tajovuzkorlarga yanada oğir, vayron qiluvçi va oldindan başorat qilib bölmaydigan zarbalar berişga töliq tayyor” ekanini bildirgan.

AQŞning maxsus vakili Stiv Vitkoff X ijtimoiy tarmoğida malum qilişiça, AQŞ va Eron vakillari BMT Boş assambleyasi doirasida vositaçilar orqali uzoq muzokaralar olib borgan. Uning aytişiça, vositaçilar kun davomida ikki tomon örtasida qatnab turgan va ular öz işini davom ettiradi. Vitkoff muzokaralar “konstruktiv va umidbaxş” bölişini kutayotganini bildirgan.

Tramp, şuningdek, Yaqin Şarq davlatlari rahbarlari bilan uçraşdi. Bu davlatlarning aksariyatida AQŞning yirik harbiy bazalari joylaşgan bölib, ular uruş davomida Eron hujumlariga bir neça bor duç kelgan.

“Biz Eron bilan boğliq vaziyat 3 noyabrdagi oraliq saylovlardan keyin, balki undan ham oldin tugaşi mumkin, deb öylaymiz. Bilmayman. Bunday narsalarni heç qaçon bilmaysiz”, degan Tramp mintaqaviy davlatlar rahbarlari bilan uçraşuvda.

Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi mojaroni yumşatişga bir neça oydan beri urinib kelayotgan Qatar Boş vaziri şayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uçraşgan. Eronning yuqori martabali rasmiysi “Reuters” agentligiga Tehron AQŞ harbiy bosimni yumşatsa va Eron portlariga qöyilgan blokadani bekor qilsa, Hormuz böğozini bir neça kun içida qayta oçişi mumkinligini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron AQŞ tomonidan hujumlar qayta boşlangan taqdirda, yangi qurollarni qöllagan holda ilgari zarba berilmagan Amerika obektlariga hujum qilişini bildirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: