“Allohning jazosidan qutula olmaydilar”. Erdöğan BMT minbarida tasirli nutq sözladi
Öldirişdan heç qaçon töymaydigan “genotsid” hamma uçun vijdon masalasi bölişi kerak. Bu haqda keça, 22 sentyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti 81-Boş Assambleyasidagi nutqi davomida gapirdi.
“Keçirasiz, lekin bu Toyib Erdöğanning şaxsiy masalasi emas. Bu – gumanitar masala. Bu – barçamiz uçun vijdon masalasi. Biz öldirişdan heç qaçon töymaydigan genotsid tafakkuriga duç kelyapmiz”, deydi Turkiya Prezidenti.
Uning aytişiça, 190 dan ortiq mamlakat irodasi atigi beşta mamlakat injiqligiga böysunadigan tizim adolatli tizim emasligini va u töliq işonç uyğotişga yoki örnatişga qodir emasligini tan oliş kerak. Xavfsizlik Kengaşi “dunyo beştadan kattadir” tamoyiliga muvofiq mutlaqo isloh qilinişi kerak.
Erdöğan Ğazoni tiklaş masalasini ham kötargan. Qolaversa, u poytaxti Quddus bölgan mustaqil Falastin davlati barpo etilişiga işonişini bildirgan.
“Biz bir yil avval Şarm aş-Şayxda imzolagan kelişuvga sodiq qolamiz. Endi biz Ğazoni qayta tiklaşni imkon qadar tezroq boşlaşimiz kerak. Şu munosabat bilan men sizlarni Isroilga yanada köproq bosim ötkazişga çaqiraman. Hamma quyidagilarni tuşunsin va qabul qilsin: Falastin davlatini böğişga urinişlar muvaffaqiyatsizlikka uçraydi. Inşaalloh, 1967 yilgi çegaralarga asoslangan, hududiy yaxlitlikka ega va poytaxti Şarqiy Quddus bölgan mustaqil Falastin davlati barpo etiladigan öşa yaxşi kunlarni köramiz”, deydi Turkiya yetakçisi.
U özi kötargan masala “ayrim toifaning” ğaşiga tegişini, öziga qarşi çoralar körişlarini, lekin nima bölsa ham mazlumlar tarafida turişini bildirgan.
“Bugun bu yerda aytgan haqiqatlarim, albatta, bazi odamlarning ğaşiga tegadi, ularning huzur-halovatini buzadi va yolğonlarini foş qiladi. Şuningdek, ular ovozimizni öçirişga urinib, har xil idrokni boşqariş operatsiyalariga murojaat qilişlarini ham yaxşi bilaman.
Marhum şoir Sezai Karakoç şunday degan edi: “Ular biz jim tursak, masala yöq bölib ketadi, deb öylaşadi. Ammo biz jim tursak ham, tarix jim turmaydi. Tarix jim tursa ham, haqiqat jim turmaydi. Ular bizdan qutulsalar, muammo hal böladi, deb işonişadi. Biroq ular bizdan qutulsalar ham, öz vijdonlari azobidan qutula olmaydilar. Vijdonlari azobidan qutulsalar ham, tarix azobidan qutula olmaydilar. Tarix azobidan qutulsalar ham, Allohning jazosidan qutula olmaydilar”.
Men, Rajab Toyib Erdöğan, vijdoni, tarixi va rahm-şafqati yöl körsatgan buyuk millatning Prezidenti sifatida, inşaalloh, Alloh menga umr berar ekan, şu minbardan turib, mazlumlarning, jabrdiydalarning va ovozsizlarning huquqlarini himoya qilişda davom etaman. Ularning ovozi bölişda, ularning nomidan gapirişda va ular uçun kuraşişda davom etaman. Agar kerak bölsa, qiyinçilikka çidaymiz, agar kerak bölsa, badalini tölaymiz, lekin adolatsizlik qarşisida jim turmaymiz va zulmga heç qaçon rozi bölmaymiz”, deydi Erdöğan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rajab Toyib Erdöğan BMT minbarida Ğazo bugun nafaqat dunyodagi eng katta qabriston, balki dunyoda amputatsiya körsatkiçi eng yuqori bölgan mintaqa hisoblanişini, şuningdek, Ğazo – hozirgi davrning eng insoniylikka zid, eng uyatli qirğini ekanini aytgan edi.