“Jasorat bilan gapirganlarning hammasi ölik”. Tramp Eronni ogohlantirdi
13-06-2025, 19:02
168 марта

“Jasorat bilan gapirganlarning hammasi ölik”. Tramp Eronni ogohlantirdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron özining yadroviy dasturi böyiça şartnoma imzolaşi lozimligi, aks holda yanada vayronkor va halokatli harbiy harakatlarga duç kelişini aytdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.
“Eronlik ayrim aşaddiy kuç vakillari jasorat bilan gapirdi, lekin ular nima bölişini bilmagan. Ularning barçasi hozir ölik. Vaziyat yanada yomonlaşadi! Allaqaçon köplab ölim va vayronagarçilik yuz berdi, biroq bu qon tökilişni töxtatiş uçun hali ham vaqt bor. Ammo rejalaştirilgan navbatdagi hujumlar bundan ham şafqatsiz böladi”, degan AQŞ rahbari.Oq uy rahbarining sözlariga köra, Eron şartnoma tuzişi kerak, aks holda unda heç narsa qolmaydi.
“Eron bitim tuzişi kerak, aks holda heç narsa qolmaydi. Ular ilgari “Eron imperiyasi” deb tanilgan narsaning qoldiqlarini saqlab qolişlari mumkin”, deya tahdid qilgan Oq uy rahbari.Uning aytişiça, Eronga köp bor harbiy harakatlar böladi degan ogohlantirişlar berilgan bölsa-da, ular kelişuvga rozilik bildirmagan. Bu harbiy harakatlar, “ular biladigan, kutadigan yoki eşitgan hamma narsadan ança yomon bölgan”.
“Men Eronga bir neça bor imkoniyat berdim. Ularga qatiy tarzda şunday dedim. Şunçaki bajaringlar. Ammo ular qança urinmasin, qança yaqinlaşmasin, baribir şartnoma tuzişga erişa olmadi”, degan Tramp.Prezident AQŞ harbiy harakatlarda iştirok etadimi yoki yöqmi, aniqlik kiritmagan. Biroq u Isroilni Eronga qarşi foydalaniş uçun qurollar bilan taminlaşda davom etişini takidlagan.
“Isroilda allaqaçon köp qurol bor va yanada köpayadi. Ular esa bu qurollarni qanday işlatişni yaxşi biladi”, degan Oq uy rahbari.AQŞ rahbari, şuningdek, Eronda yana bir kiçik imkoniyat borligini eslatib ötgan.
“Ikki oy avval men Eronga 60 kunlik ultimatum berdim – kelişuv tuzinglar, deb. Ular buni amalga oşirişlari kerak edi! Bugun 61-kun. Men ularga nima qiliş kerakligini aytdim, lekin ular bunga erişa olmadi. Endi, ehtimol, ularning yana bir imkoniyati bor”, deya qöşimça qiladi AQŞ Prezidenti.