Erdöğan uruş jinoyatçilarining örni BMTda emas, sud zalida ekanligini aytdi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan uruş jinoyatlarida ayblanayotgan şaxslar BMT minbarida emas, sud zallarida javob berişi kerakligini aytdi. U bu haqda keça, 26 sentyabr kuni Istanbulda ötkazilgan MÜSİAD EXPO savdo körgazmasining yopiliş marosimida söz oçgan.
Erdöğan xalqaro tizim qonuniylik, vakillik va adolat borasida boşi berk köçaga kirib qolganini takidladi. Uning fikriça, Turkiya joylaşgan mintaqada bir qator inqirozlar kuzatilmoqda.
Turkiya Prezidenti Falastin, xususan, Ğazo sektoridagi vaziyatga ham töxtalib, Anqara Falastin xalqini qöllab-quvvatlaşda davom etişini bildirdi.
U genotsidda ayblanayotgan şaxslar javobgarlikka tortilişi kerakligini aytdi. Erdöğanning takidlaşiça, bunday jinoyatlar uçun huquqiy va tarixiy javobgarlik taminlanmasa, şunga öxşaş voqealar yana takrorlanişi mumkin.
“Uruş jinoyatçilarining joyi BMT minbarida emas, balki ular sodir etgan jinoyatlar va tökilgan qon uçun javob beradigan sud zallaridadir”, dedi Erdöğan.
Şuningdek, u Turkiya iqtisodiyoti sönggi 6 yil davomida uzluksiz ösganini aytdi. Erdöğanning sözlariga köra, mamlakat hozir dunyoningön oltinçi eng yirik, Yevropaning esa oltinçi eng yirik iqtisodiyoti hisoblanadi.
Uning qayd etişiça, 2002 yilda Turkiyada eksport bilan şuğullanuvçi kompaniyalar soni 33 mingta bölgan bölsa, 2025 yilga kelib bu körsatkiç 168 mingtaga yetgan.
Erdöğan, şuningdek, 20 kun avval elon qilingan yangi Örta muddatli dastur doirasida barqaror va muvozanatli iqtisodiy ösiş maqsadlari yölida işlar davom ettirilişini bildirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan BMT Boş Assambleyasining 82-sessiyasida Ğazodagi vaziyatni “barçamiz uçun vijdon masalasi” deb atab, Falastin davlatini barpo etiş va Ğazoni qayta tiklaş zarurligini bildirgan edi.