Nihoyat Instagram’ga kutilgan funktsiya qöşiladi
14-06-2025, 20:16
215 марта

Nihoyat Instagram’ga kutilgan funktsiya qöşiladi
Instagram eng kutilgan funktsiyalardan birini taqdim etdi. Endi profildagi postlarning örnini almaştiriş mumkin böladi. Bu haqda “Rozetked” xabar berdi.
Qayd etilişiça, endilikda foydalanuvçilar postlarni kerakli tartibda qölda joylaştira oladi. Buning uçun ularning naşr qilingan vaqtiga va ketma-ketligiga amal qiliş şart emas. Yangi funktsional imkoniyat Instagram tomonidan mualliflarni qöllab-quvvatlaş uçun işga tuşirilayotgan Anyway nomli taşabbus doirasiga kiradi. Uning maqsadi – “mukammal kontent” atrofidagi bosimni yöqotiş va ijoddan zavqlanişni qaytariş.

Postlar tartibini özgartiriş “sudrab olib ötiş” (drag-and-drop) orqali amalga oşiriladi. Buning uçun profilni tahrirlaş tugmasini bosiş kifoya. Şunda postlarni “sozlaş” funktsiyasi yoqiladi.
Yangilaniş yaqin haftalarda elon qilinişi kutilmoqda.
Şuningdek, yana bir yangi funktsiya – foydalanuvçilarga Instagram’da Spotify’da tinglayotgan musiqalarni eslatma sifatida ulaşiş imkoniyati paydo böladi. Musiqa real vaqt rejimida yangilanib boradi, foydalanuvçilar esa havola orqali trekni ijro etişi mumkin böladi.
Meta’ning takidlaşiça, har ikkala funktsiya ham auditoriyaning istaklariga javob va platformani yanada moslaşuvçan va jonli qiliş yölidagi qadam hisoblanadi.