Şifokorlar adaşib bemorning soğlom oyoğini kesib taşladi
AQŞning Ohayo ştatida şifokorlar saraton sabab amputatsiya qilinişi kerak bölgan öng oyoq örniga bemorning soğlom çap oyoğini kesib taşladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Davoga köra, Şaron Jeks 2025 yilning sentyabr oyida saraton bilan zararlangan öng oyoğini tizzadan past qismidan amputatsiya qildiriş uçun Selbi umumiy şifoxonasiga murojaat qilgan. Biroq jarrohlik amaliyoti vaqtida tibbiyot xodimlari uning soğlom çap oyoğini amputatsiya qilgan. Şundan söng, Jeks ikkala oyoğidan ham ayrilgan.
Jeks va uning advokati Bred Leyn tomonidan sudga 32 sahifalik davo arizasi kiritilgan. Unda jarrohlik guruhi tomonidan bemor xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilinmagani takidlangan. Advokatning aytişiça, operatsiya davomida xatoni aniqlaş va uni töxtatiş uçun bir neçta imkoniyat bölgan, biroq tibbiyot xodimlari notöğri oyoqda operatsiya qilinayotganini payqamagan.
“Bunday xato heç qaçon sodir bölmasligi kerak. Buning uçun heç qanday bahona yöq”, deya malum qilgan Leyn.
Uning aytişiça, bir neçta tibbiyot xodimlarining xatosi oqibatida Jeks umrining qolgan qismida uşbu holat bilan yaşaşiga töğri keladi. Hozirda Jeks şifokor va tibbiyot muassasasiga qarşi sud orqali kompensatsiya talab qilmoqda. Iş böyiça yakuniy sud qarori hali çiqarilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyada şifokorlar bemorning kasallangan quloği örniga soğlom quloğini operatsiya qilgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, oldinroq Farğonada şifokor bemorning çap oyoğini kesiş örniga ikkala oyoğini ham kesib, uning ölimiga sababçi bölgani uçun 4 yil ozodlikdan mahrum qilingandi.