Hindistonda vertolyot halokatga uçradi
15-06-2025, 11:48
204 марта

Hindistonda vertolyot halokatga uçradi
Hindistonda vertolyot halokatga uçradi: yetti kişi halok böldi.Fojia Hindistonning Uttarakxand ştatida yakşanba kuni ertalab yuz berdi. Kedarnathdan Guptkarşiga uçayotgan vertolyot Aryan Airlines xususiy şirkatiga tegişli edi.
Times of India xabariga köra, halokatga noqulay ob-havo şaroiti sabab bölişi mumkin. Voqea joyida qutqaruv xizmatlari va politsiya işlamoqda.
Ştat boş vaziri Puşkar Singx Dhami hamdardlik bildirdi:
"Vertolyot halokati haqida juda qayğuli xabar olindi. Mahalliy hokimiyat va qutqaruv guruhlari qidiruv va qutqaruv işlarida iştirok etmoqda".
Bu sönggi haftalarda mintaqada yuz bergan birinçi vertolyot halokati emas. Rasmiylar samolyotlarning texnik holati va ularning parvoz şartlari ustidan nazoratni kuçaytirişni rejalaştirmoqda.
12 iyun kuni Hindistonning Ahmadobod şahrida bortida 242 kişi bölgan Air India yölovçi samolyoti tibbiyot kolleji binosiga qulab tuşdi. Faqat bir kişi tirik qoldi.
Air India aviakompaniyasi qurbonlar oilalariga 10 million rupiy (taxminan 117 ming dollar) tovon puli va jarohatlangan şaxsga yordam vada qilgan.