Dam oliş kunlari qayerlarda yomğir yoğişi aytildi
Dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-30 daraja, bazi joylarda 32 darajagaça, keçalari 13-18 daraja böladi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Malum qilinişiça, respublikaning şimoli-ğarbiy hududlariga Kaspiy dengizidan sovuq va nam havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Qoraqalpoğiston Respublikasida joriy yilning 2-3 oktyabr kunlari, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati şimolida 3 oktyabrda bazi joylarda yomğir yoğadi.
Joriy yilning 4 oktyabr kuni sovuq va nam havo massalari respublikaning barça hududlariga tarqaladi. Özbekistonning köpçilik viloyatlarida yomğir yoğadi, bazi joylarda kuçli böladi. Baland toğli hududlarda yomğir qorga aylanişi mumkin. Farğona vodiysida 4 oktyabrda keçga tomon yomğir yoğişi kutilmoqda, Surxondaryo viloyatida esa yomğir yoğişi ehtimoli kam.
Şimoli-ğarbiy hududlarda kunduzgi havo harorati 12-17 darajagaça pasayadi, respublikaning qolgan hududlarida esa 20-25 darajagaça bölişi kuzatilib, keyinçalik kunning ikkinçi yarmida harorat pasayişi boşlanadi.
3-4 oktyabr kunlari respublika böyiça bazi joylarda şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda, ayrim joylarda bazida çang-tözonlar bilan 20-22 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkentda 2-3 oktyabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 25-27 daraja, ertaga, 3 oktyabr kuni 29-31 daraja böladi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
4 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-14 m/s gaça kuçayadi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi 18-20 daraja, kunduzi 22-24 daraja böladi, kunning ikkinçi yarmida 17-19 darajagaça pasayadi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 oktyabr kuni Özbekistonning şimoliy hududlariga, 4-5 oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Özgidromet Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida joriy yilning 4-5 oktyabr kunlari sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkinligi haqida ogohlantiriş bilan çiqqan edi.