Eron raketalari 10 isroillikni yöq qildi
15-06-2025, 17:11
170 марта

Eron raketalari 10 isroillikni yöq qildi
Keça, 14 iyun kuni Eronning tungi zarbalari oqibatida Isroil şifoxonalari jabrlangan 385 kişini qabul qildi, ulardan 10 nafari halok böldi. Bu haqda Isroil Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
TsAXAL malumotlariga köra, 14 iyun kuni tungi bombardimon davomida Eron yahudiy davlatiga 70 ta raketa yöllagan.
Isroil Soğliqni saqlaş vazirligi 13 iyun oqşomidan boşlab boşlangan Eron hujumlari böyiça hisobot elon qilgan. Unga köra, mamlakatda jami 13 nafar ölim holati qayd etilgan. Şuningdek, hisobotga ilova qilingan jadvalga köra, tun davomida şifoxonalarga 385 nafar jabrlangan kişi murojaat qilgan.
Dastlab vazirlik sönggi sutkada 12 ta ölim holati haqida xabar bergan edi. Biroq oradan köp ötmay, vazirlik bu raqam aslida 10 ta ekanini iddao qilib çiqdi.
Vazirlik malumotlariga köra, jabrlanganlar orasida 7 kişi oğir ahvolda, 40 kişi örta darajada tan jarohati olgan, 298 kişi yengil jarohatlar bilan şifoxonalarga murojaat qilgan. Şuningdek, 14 kişi ruhiy şok holati sababli tibbiy yordam söragan.
Eng köp jarohat olgan bemorlarni qabul qilgan muassasalar orasida markaziy Isroilda joylaşgan “Volfson” davlat tibbiyot markazi (96 bemor) hamda Rexovot şahridagi “Kaplan” tibbiyot markazi (56 bemor) qayd etilgan.