Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va çaqaloqning jasadi topildi
Keça, 2 oktyabr kuni Moskvadagi Şeremetevo aeroportining uçib keliş zonasidagi hojatxonadan ayol kişi va yangi tuğilgan çaqaloqning murdasi topildi. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Moskva viloyati böyiça Tergov boşqarmasiga tayanib, “Meduza” xabar berdi.
Huquqni muhofaza qiliş organlarining TASSga malum qilişiça, dastlabki taxminlarga köra, 30 yoşli ayol aeroport hojatxonasida farzand dunyoga keltirgan va söng uni böğib öldirgan.
Kuç işlatar tuzilmalarga yaqin bölgan “Maş”, “Baza” va “112” Telegram-kanallari malumotiga köra, ayol Turkiyadan uçib kelgan. Aeroportda unda tölğoq boşlangan, u hojatxona kabinalaridan biriga berkinib olib, bolani tuğgan va oğziga hojatxona qoğozini solib, uni böğib öldirgan.
Uning çinqiriqlarini eşitgan va qonni körgan odamlar unga yordam berişga harakat qilgan, ammo u yordamni rad etgan. Ayolga yordam beriş uçun tibbiyot xodimlari çaqirilgan, lekin u köp qon yöqotişdan vafot etgan.
“Maş” naşrining yozişiça, marhuma asli ukrainalik bölib, özini özi mustaqil deb elon qilgan LXRda röyxatda turgan. U Turkiyadan eri va 11 yoşli qizi bilan uçib kelgan. Eri ayolining homiladorligidan bexabar bölganini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning Şeffild şahrida yangi tuğilgan qizaloq 15 marta piçoqlanib, jami 33 ta jarohat bilan ölik holda topilgani haqida xabar berilagan edi.