«Siti» va «Real»da qayta quriş boşlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
15-06-2025, 19:39
361 марта

Trent Aleksander-Arnold: «Liverpul» → «Real» Madrid (10 mln yevro)

Angliyalik himoyaçi bolaligidan öynagan «Liverpul»dan «Real»ga erkin agent maqomida ötdi. Bu ötiş kutilgan transfer edi, futbolçi Ispaniya klubiga kelib qöşilişi mart oyidayoq malum bölib ulgurgandi. Ammo madridliklar Trentning mersisaydliklar klubi bilan şartnoma muddati tugaydigan 1 iyul sanasini kutib ötirmadi. «Real» futbolçini klublar örtasidagi jahon çempionatida öynatiş uçun «Liverpul» hisobiga 10 mln yevro ötkazib berdi va himoyaçi bilan olti yillik şartnoma tuzildi. 12 iyun kuni 26 yoşli futbolçi rasman «Real» futbolçisi sifatida taniştirildi, u taqdimot marosimida ispan tilini allaqaçon töliq örganib bölganini namoyiş etib, köpçilikni hayron qoldirdi.
Din Hausen: «Bornmut» → «Real» (59,5 mln yevro)

20 yoşli markaziy himoyaçining ötgan mavsumdagi öyinlaridan keyin top-klublar uning uçun navbatga turdi. Ammo, kutilganidek bu poygada Madridning «Real» klubi ğolib çiqdi. Niderlandiyalik futbolçi Donni Hasuyenning öğli bölgan Din bolaligidan Ispaniyaning uşbu grandi safida öynaşni orzu qilgandi. Şu tufayli tomonlar kelişuvga erişişi oson keçdi. Ispaniya milliy jamoasiga nomzod Hausen «Real» bilan beş yillik şartnoma tuzdi. «Bornmut» esa futbolçi transferi uçun qariyb 60 mln yevro işlab oldi. Endi Hausendan «Real» uçun yangi Serxio Ramos bölişini kutişadi. Futbolçi aynan uni özining bolalikdagi kumiri deb atagan.
Rayan Şerki: «Lion» → «Mançester Siti» (36,5 mln yevro)

«Mançester Siti» Yevropaning eng istedodli hujumkor yarimhimoyaçilaridan birini öziniki qildi. Rayan Şerki uçun klub 36,5 mln yevro töladi. Bu yaqin kelajakda superyulduzga aylaniş salohiyati bor bölgan futbolçi uçun katta mablağ emas. 21 yoşli frantsuz yakunlangan mavsumda «Lion» uçun barça turnirlar doirasida 44 öyin ötkazib, 12 gol urgan va 20 golga uzatma bergan. Şerki frantsuzlar klubi asosiy tarkibida 16 yoşda debyut qilgan, endi u özini APL maydonlarida sinab köradi.
Rayan Ait-Nuri: «Vulverhempton» → «Mançester Siti» (36,8 mln yevro)

«Vulverhempton»ni 2025 yil yozida jiddiy qayta quriş kutmoqda. Klub nafaqat asosiy töpurari Kunyadan, balki hujumlarga faol qöşiladigan himoyaçisi Rayan Ait-Nuridan ham ayrildi. Şu bilan birga, «börilar» ikki futbolçi uçun jami 100 mln yevrodan köproq mablağga ega böldi. Şundan 36,8 mln yevroni «Mançester Siti» töladi. Ait-Nuri Pep Gvardiola jamoasi bilan beş yillik şartnoma imzolagan. 24 yoşli jazoirlikning asosiy pozitsiyasi – çap qanot himoyasi. Ammo Gvardiola keyingi mavsumda undan butunlay boşqa rollarda foydalanişi ham mumkin.
Teyani Reynders: «Milan» → «Mançester Siti» (55 mln yevro)

«Mançester Siti» sovrinsiz ötgan mavsumdan keyin klublar örtasidagi jahon çempionatida sovrin yutişga qaror qildi va yana katta pul bilan bozorga kirdi. Klub bir kun içida uç transferini elon qildi. Gvardiola ixtiyoriga Italiya çempionatining eng yaxşi yarimhimoyaçilaridan biri Teyani Reynders ham kelib qöşildi. 26 yoşli niderlandiyalik maydondagi vazifalariga köra Ilkay Gundöğanni yodga solib yuboradi va maydon markazida istalgan rolni bajarişi mumkin. «Mançester Siti» «Milan»ga uşbu futbolçi uçun 55 mln yevro töladi, Reynders klub bilan beş yillik şartnomaga ega böldi. «Men «Mançester Siti»ga ötganimdan hayratdaman. Bu jahonning eng yaxşi murabbiy, jahon darajasidagi yulduzlar va ajoyib infratuzilmaga ega eng katta klublaridan biridir. Premer-ligada iştirok etiş — orzu edi va bu röyobga çiqdi», — dedi Teyani taqdimot marosimida.
Jeremi Frimpong: «Bayer» → «Liverpul» (40 mln yevro)

Bu «Liverpul»ning yozgi transferlar oynasidagi ilk futbolçisi. Klub Jeremi Frimpongni «Real»ga ketgan Trent Aleksander-Arnoldga voris sifatida körmoqda. U «Liverpul» safida Virjiyl van Deyk, Kodi Gakpo, Rayan Gravenberh va boş murabbiy Arne Slotdan keyingi beşinçi niderland böladi. Frimpong – uslub jihatdan Trentga butunlay teskari. Aleksandr-Arnold markazga köçişni va uzun uzatmalar berişni xuş körgan bölsa, Jeremi özi qanot böylab oldinga borişni maqul köradi. Slot Frimpongni «Liverpul» tizimiga qanday qöşişini kuzatiş qiziq bölişi tayin.
Jonatan Ta: «Bayer» → «Bavariya» (800 ming yevro)

Jonatan Ta şartnomasi muddati tugagani munosabati bilan «Bayer»ni tark etdi. Germaniyalik futbolçida faoliyatini davom ettiriş uçun bir neça variant bor edi («Real», «Barselona», «Bavariya») va yakunda futbolçi Germaniyada qolişga qaror qildi. «Bavariya» ham uşbu himoyaçini klublar örtasidagi jahon çempionatiga olib boriş uçun «Bayer»ga 800 ming yevro töladi. Myunxenliklarning turnirdagi natijasiga qarab bu summa miqdori 1 mln yevrogaça çiqişi mumkin. 29 yoşli futbolçi «Bavariya» bilan 2029 yil iyuniga qadar amal qiluvçi şartnoma imzolagan.
Mateus Kunya: «Vulverhempton» → «Mançester Yunayted» (74,2 mln yevro)

«Mançester Yunayted» yevrokuboklarga yöllanma ololmagan, klublar örtasidagi JÇda ham qatnaşmaydi, ammo yozning top-transferlaridan birini amalga oşirdi. Brend kuçi hamon iş bermoqda. «MYu» braziliyalik forvard Mateus Kunyani «Vulverhempton»dan 74,2 mln yevro evaziga xarid qildi. Mankunianliklar transfer summasini bir neça yil mobaynida bölib-bölib tölaydi. 26 yoşli futbolçining özi yangi klubi bilan beş yillik şartnoma tuzdi. Endi Kunyadan «MYu»ni yevrokuboklarga qaytarişda yordam beriş talab etiladi.
Liam Delap: «Ipsviç» → «Çelsi» (35,5 mln yevro)

«Ipsviç» APLni tark etdi. Ammo forvard Liam Delap elita divizionda qoldi. 22 yoşli forvard «Çelsi» bilan olti yillik şartnoma tuzdi. Londonliklar «Mançester Siti» tarbiyalanuvçisi bölgan uşbu futbolçi uçun 35,5 mln yevro tölab berişdi. 2023 yilda «Çelsi» mançesterliklar tizimidan çiqqan boşqa bir futbolçi – Koul Palmerni transfer qilişi muvaffaqiyatli bölgandi. Endi Londondagilar Delap klub uçun zarur bölgan sermahsul hujumçi bölişidan umid qilmoqda. U «Siti»ning boşqa tarbiyalanuvçisi bilan endi «Çelsi»da yorqin duet hosil qilişi kutilmoqda.
Mamadu Sarr: «Strasburg» → «Çelsi» (14 mln yevro)

Yana bir yoş istedod «Çelsi»da. Londonliklar 19 yoşli himoyaçi Mamadu Sarr jamoa mudofaasini kuçaytirişiga umid boğlagan. Futbolçi bungaça Frantsiyaning «Strasburg» klubi şarafini himoya qilgan (bu klub va «Çelsi» xöjayini bir odam). Sarr endi yangi darajada özini sinab köradi va keyingi mavsum Çempionlar ligasida maydonga tuşadi. Frantsuz futbolçisi London klubi bilan sakkiz yillik şartnomaga imzo çekkan.
Job Bellinghem: «Sanderlend» → «Borussiya» Dortmund (30,5 mln yevro)

Bellinghem, Angliyadan «Borussiya»ga transfer… Taniş holat. Dortmunddagilar mazkur tryukni ikkinçi bor bajarişga qaror qilişdi. Bu safar nemislar jamoasi Judning ukasi Jobni safga qöşib oldi. 19 yoşli yarimhimoyaçi «Sanderlend»ga APLga qaytişda yordam berdi. Endi esa 30,5 mln yevro evaziga «Borussiya» Dortmundga yöl oldi. Bir neça yildan keyin u Job «Real»da paydo bölişini kutiş ham mumkin.
Luis Enrike: «Marsel» → «Inter» (23 mln yevro)

Luis Enrike – «Inter»da. Yöq, bu «PSJ» boş murabbiyi emas. Milan jamoasi «Marsel» yetakçilaridan birini öz safiga qöşib oldi. 23 yoşli vinger ötgan mavsumda Frantsiya çempionatidagi 35 öyinda töqqiz gol urdi va 10 assist rasmiylaştirdi. Odatda Enrike hujum qanotida öynaydi: bu «Inter»ning sobiq ustozi Simone Indzagining sxemasida bölmagan pozitsiya. Ammo, katta ehtimol bilan, milanliklar boşqaruviga kelgan Kristian Kivuning jamoa uçun boşqa rejalari va taktikalari mavjud. Klublar örtasidagi jahon çempionatidagi öyinlarda 23 yoşli braziliyalik «Inter»ning yetakçilaridan biriga aylanadi, yöqmi, şu savolga javob topiladi.
Kivin Kelleher: «Liverpul» → «Brentford» (14,8 mln yevro)

Kivin Kelleher – ajoyib kiper. Ammo Alison salomatligida u «Liverpul»ning asosiy posboni bölişi noreal holat. Şu tufayli 26 yoşli irlandiyalik özi uçun kelgan taklifni qabul qildi. Kelleher endi APLning örtamiyona jamoasi – «Brentford» darvozasini qöriqlaydi. «Liverpul» futbolçi uçun 14,8 mln yevro oldi, Kivin – ajoyib jamoaning asosiy posboni böliş imkoniyatga ega böldi.
Petar Suçiç: «Dinamo» Zagreb → «Inter» (14 mln yevro)

«Inter» klublar örtasidagi jahon çempionatida natijaga erişişga bel boğlagan. Şu tufayli Zagrebning «Dinamo» klubidan ham yarimhimoyaçi Petar Suçiç safga qöşib olindi. Milanliklar 21 yoşli futbolçi uçun 14 mln yevro tölaşga rozi böldi. Xorvatlar klubi Suçiçning qayta sotuvidan ham uluşga ega böladi. Petar «Inter» bilan beş yil muddat amal qiladigan şartnoma imzoladi. Endi u asosiy tarkib uçun Hoqon Çalxonöğli, Genrix Mxitaryan, Nikolo Barella va Davide Frattezi bilan raqobatlaşadi.
De Bryuyne: «Mançester Siti» → «Napoli» (erkin agent)

Kevin de Bryuynening «Mançester Siti»da ötgan 10 mavsumlik sayohati yakunlandi. Sönggi yillarda jarohatlardan aziyat çekkan futbolçi jamoaning asosiy tarkibidan tuşib qoldi va şartnoma muddati yakunlangaç, klub uni qöyib yubordi. Endi belgiyalik yarimhimoyaçi intensivlik biroz pastroq bölgan Italiya çempionatida köproq öyin amaliyotiga ega bölişi tayin. Ötgan yozda Mançesterning boşqa bir jamoasidan kelgan Skott Maktominay «Napoli»ning navbatdagi çempionligiga katta hissa qöşgan va ötgan mavsumning eng yaxşi futbolçilaridan biri bölgandi. KDB uning muvaffaqiyatini takrorlaşga harakat qiladi.
Kiran Tirni: «Arsenal» → «Seltik» (erkin agent)

Jorjinio: «Arsenal» → «Flamengo» (erkin agent)

Jorjinio ham Mikel Artetaga kerak bölmay qoldi va vataniga yöl oldi. 33 yoşli yarimhimoyaçi «Flamengo» futbolçisiga aylandi — bu klub Janubiy Amerikaning eng katta klublaridan biri hisoblanadi. Jorjinio yangi jamoasi bilan 2028 yil yoziga qadar amal qiladigan şartnoma imzoladi va 21-raqamni tanladi. Endi u klublar örtasidagi jahon çempionatida iştirok etadi.
Erik Dayer: «Bavariya» → «Monako» (erkin agent)

Anxel Di Mariya: «Benfika» → «Rosario Sentral» (erkin agent)
