USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xomanaiy Isroil zarbalaridan bunkerda yaşiringan – OAV

241 марта

Xomanaiy Isroil zarbalaridan bunkerda yaşiringan – OAV

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning mamlakatga qarşi operatsiyasi boşlanganidan bir neça soat ötib yerosti bunkeriga panoh topdi. Bu haqda bugun, 16 iyun kuni manbalarga tayanib, “Iran International” xabar berdi.
Ularning malumotlariga köra, Xomanaiy joylaşgan obekt Tehronning şimoli-şarqida, Lavisan tumanida joylaşgan. Uning oila azolari ham Oliy rahbar huzurida.
Naşrning qayd etişiça, Isroilga qarşi oldingi amaliyotlar çoğida – 2024 yilning aprel va oktyabr oylarida ham – Oyatulloh uşbu bunkerdan panoh topgan. “Iran International” manbalaridan biriga köra, Isroil 15 iyun kuni yahudiy davlatidan 2,3 ming km uzoqlikda joylaşgan Maşhad aeroportiga Xomanaiy özini heç qayerda xavfsiz his qila olmasligini körsatiş uçun zarba bergan.
“Reuters” agentligi amerikalik rasmiylarga tayanib, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroilning Xomanaiyni yöq qiliş rejasiga “veto qöygani” haqida xabar bergan edi. Agentlik manbalaridan biriga köra, Eron Amerika fuqarolariga töğridan töğri hujum qilmagunça, Vaşington bunday çoralarni tasdiqlaşga tayyor emas.
Isroil Milliy Xavfsizlik Kengaşi rahbari Tsaxi Xanegbi bu xabarni “feyklar mamlakatidan olingan feyk” deb atadi. Öz navbatida, Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu ham bu xabarlarni rad qilib, Isroil nimani lozim topsa, ularning barçasini amalga oşirişini malum qildi. “The Wall Street Journal” esa isroillik amaldorga tayanib, Isroilning Eronga qarşi harbiy amaliyoti kontekstida Xomanaiy “daxlsizlik ostida emasligini” yozdi. 
Bundan oldin Eron xalqaro manbalari Oliy rahbarning idorasi rahbari örinbosari Ali Asğar Hijoziy Rossiya rasmiylari bilan vaziyat yanada yomonlaşsa, mamlakatni tark etiş imkoniyati haqida yaşirin muzokaralar olib borayotganini davo qilgan edi. Naşr manbalariga köra, Eronning boşqa yuqori martabali amaldorlari ham xuddi şunday kelişuvlarga ega.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: