USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ğazoda 24 soat içida 140 kişi halok böldi, etibor esa Eronga köçgan

315 марта

Ğazoda 24 soat içida 140 kişi halok böldi, etibor esa Eronga köçgan

Ğazoda sönggi 24 soat içida Isroil tomonidan amalga oşirilgan havo va yerdagi hujumlar oqibatida köpi bilan 140 falastinlik halok böldi. Bu haqda mahalliy tibbiyot xodimlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi. 
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligining malum qilişiça, 40 nafar odam bugun, 18 iyun kuni amalga oşirilgan zarbalar oqibatida halok bölgan. Ularning ayrimlari – sönggi uç haftada yordam oliş uçun harakat qilgan insonlardir, bu vaqt mobaynida Isroil hududga qöyilgan töliq blokadani qisman yengillaştirgan edi.

Tibbiyot xodimlarining sözlariga köra, Markaziy va Şimoliy Ğazodagi quyidagi joylarda amalga oşirilgan havo hujumlari 21 nafar odamning ölimiga olib kelgan:
  • Magozi qoçqinlar lageri,
  • Zaytun mahallasi,
  • Ğazo şahri.
Şuningdek, Xon Yunusdagi bir lagerga beriladigan zarba 5 kişining ölimiga sabab bölgan. Salohiddin şoh yölida BMT yordamida kelgan oziq-ovqatni kutayotgan evakuatsiya qilingan fuqarolar tödasiga berilgan otişmalar oqibatida yana 14 kişi halok bölgan.
“Bir neça marta ogohlantiriş berilganiga qaramay, bazi şaxslar markaziy Ğazodagi Nusayrat hududida harakatlanayotgan askarlarimizga yaqinlaşgan. Ular xavf tuğdirgani bois ogohlantiruvçi öq uzilgan. Biz Hamas harbiy infratuzilmasini yöq qiliş uçun harakat qilyapmiz va fuqarolarga zarar yetkazmaslik uçun imkoni boriça ehtiyot çoralarini köryapmiz”, deya bayonot bergan TsAXAL.
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligining keça, 17 iyun kuni malum qilişiça, may oyi oxirida yordam qayta tiklanganidan beri 397 falastinlik oziq-ovqat olişga urinayotganida halok bölgan, 3,000 nafardan ortiq kişi yaralangan.

Isroil–Eron örtasidagi yangi uruşayotgan mojaroga dunyo etibor qaratayotgan bir paytda, Ğazodagi fojialar soya ostida qolmoqda.
“Ğazoda odamlar kunu tun öldirilyapti, lekin butun etibor Isroil va Eron uruşiga burildi. Ğazo haqida xabarlar juda kam. Kimki Isroil bombalaridan omon qolsa, oçlikdan ölmoqda. Odamlar har kuni xavfga qaramay oziq-ovqat izlaydi, ammo oqibatda öldiriladi. Ular umid bilan olgan un xaltalari qonida böyaladi”, deydi Ğazo şahridagi aholi vakili Adel.
Isroil va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Gaza Humanitarian Foundation deb nomlangan yangi guruh orqali hozirda oziq-ovqat tarqatilmoqda. Ularda xususiy AQŞ kompaniyalari va Isroil kuçlari himoyasidagi taqsimlaş punktlari işlamoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: