“20 soat işdaman”. Japarov kuniga neça soat uxlaşini aytdi
Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov sutkasiga atigi 4 soat uxlaşini, qolgan 20 soatini esa işga bağişlaşini malum qildi. Bu haqda u bugun, 23 oktyabr kuni Jalolobod viloyatining Bozor-Qörğon tumani aholisi bilan uçraşuv çoğida fuqarolardan birining şikoyatiga javob berar ekan gapirdi.
Uçraşuv iştirokçilaridan biri Qirğiziston rahbarining şaxsiy qabuliga kirişga bir neça bor uringanini aytgan. Erkakning sözlariga köra, u bir neça marta murojaatlar bilan kelgan, ammo Prezident bilan uçraşa olmagan.
Bunga javoban Sadir Japarov barçani şaxsan qabul qilişga jismonan imkoniyati yöqligini aytgan.
“Mening qabulimga kira olmadim, deb aytmang. Sizlar 7,5 millionsizlar, men esa bitta prezidentman. Agar har bir odam oldimga kelaversa, men hammani ham qabul qila olmayman-ku. Mening öz iş grafigim bor. Şunda ham 24 soatdan atigi 4 soatida uxlayman, qolgan 20 soatida işda bölaman”, deydi u.
Mamlakat rahbari hatto şunday grafikda ham barça masalalarni hal qilişga vaqti yetmayotganini qöşimça qilgan.
Şu bilan birga, u masul rahbarlarga huquqni muhofaza qiliş organlarining ayrim xodimlari tomonidan ehtimoliy noqonuniy harakatlar sodir etilganini aytgan fuqaroning murojaatini örganib çiqişni topşirgan.
Xususan, Sadir Japarov fuqarolardan haqiqatan ham noqonuniy ravişda pul talab qilingani yoki qilinmaganini, bu pulni aynan kim va qança miqdorda berganini aniqlaşni talab qilgan.
Prezidentning Bozor-Qörğon tumani aholisi bilan uçraşuvi oçiq muloqot formatida bölib ötgan. Fuqarolar yer nizolari, yöllar qurilişi, ijtimoiy infratuzilma va davlat organlarining faoliyati böyiça masalalarni kötargan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sadir Japarov rejadan taşqari Bişkek şahridagi yangi “Madina” bozoriga taşrif buyurib, savdo qiliş şaroitlari va savdo örinlarini yöqotiş mumkinligidan xavotir bildirgan savdogarlar bilan uçraşgani haqida xabar berilgan edi.