Qozoğistonda böron önlab binolarga zarar yetkazdi, bir kişi halok böldi
20-06-2025, 15:18
141 марта

Qozoğistonda böron önlab binolarga zarar yetkazdi, bir kişi halok böldi
Keça, 19 iyun kuni Qozoğistonning Pavlodar viloyatida kuçli böronli şamol esadi, tezligi bazi joylarda sekundiga 43 metrga yetdi. Şamol binolarni vayron qildi, butun tumanlarni energiyasiz qoldirdi va jabrlanganlar böldi. Bu haqda Pavlodar viloyati hokimligi xabar berdi.Rasmiy malumotlarga köra, 16 kişi, jumladan, uç nafar bola jarohatlangan. Oqsuvda 1968 yilda tuğilgan bir ayol vafot etdi – uni qulagan daraxt şoxi uning ustiga tuşgan.
“Pavlodarning özida kuçli şamol 47 ta binoning, jumladan 6 ta ijtimoiy infratuzilma obektining tom qismiga şikast yetkazgan. Vayronagarçilik Oqsuv va Ekibastuz şaharlarida (23 ta obekt), Bayanaöl tumanida (7 ta obekt), şuningdek, May va Pavlodar tumanlarida ham qayd etilgan”, deyiladi xabarda.
Böron ham elektr taminotida uzilişlarga sabab bölgan. Oqsuv şahri va Bayanaöl tumanida elektr taminoti uzildi. Favqulodda xizmatlar qönğiroqlarni qabul qilişda davom etmoqda.
Ayni paytda hududda 300 dan ortiq kişi va 100 dan ortiq maxsus texnika işlamoqda. Ularning barçasi börondan keyin tiklaniş, jumladan, elektr uzatiş va aloqa liniyalarining 16 ta tayançini tamirlaş bilan band. Barça favqulodda vaziyatlar xizmatlari kuçaytirilgan rejimga ötkazildi.