USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pentagon Ukrainadagi Starşield tizimidagi uzilişlarni tekşirişdan boş tortdi

12 марта
Пентагон Украинадаги Starshield тизимидаги узилишларни текширишдан бош тортди

AQŞ Mudofaa vazirligi Boş inspektori Ukrainada Starlink va Starşield suniy yöldoş aloqa tizimlari faoliyatidagi uzilişlarni tekşirişdan boş tortdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Agentlikning yozişiça, AQŞ Kongressining har ikki partiyasiga mansub töqqiz senator Pentagon Boş inspektoridan tizimlardagi uzilişlarni tekşirişni söragan. Ular AQŞning ayrim mansabdor şaxslari bu holatdan oldindan xabardor bölganmi yoki uzilişlarni maqullaganmi, degan savollarga javob olişni istagan.

Biroq Pentagon Boş inspektori senatorlarga yuborgan javobida bu savollarga AQŞ Harbiy-havo kuçlari yaxşiroq javob berişini bildirgan. Senatorlar bu javobni SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask va u boşqaradigan aloqa tizimlari faoliyatini tekşirişdan boş tortiş sifatida baholagan.

Senator Jin Şahin Ukraina tinç aholisini himoya qilişda muhim ahamiyatga ega bölgan aloqa tizimidagi uzilişlar tekşirilmayotganidan xavotir bildirgan. Uning aytişiça, Tramp mamuriyati va SpaceX uzilişlarga nima sabab bölgani haqida bir-biriga zid malumotlar bergan. Senator masuliyatni aniqlaş va bunday holat takrorlanişining oldini oliş uçun mustaqil tekşiruv zarurligini takidlagan.

Eslatib ötamiz, oktyabr oyi örtalarida Ukraina rasmiylari Starlink va uning harbiy maqsadlarga möljallangan Starşield versiyasida aloqa tezligi çeklanganini bildirgandi. Ularning takidlaşiça, bu çeklovlar Rossiyaning tez harakatlanuvçi hujumkor dronlarini tutib qolişga xalaqit bergan.

“The Wall Street Journal” naşri Ukrainaga Starşield tizimidan foydalanişni çeklaş haqidagi qarorni Ilon Mask qabul qilganini yozgan. Mask esa Starşield AQŞ hukumati tasarrufida ekanini va undan foydalanişga oid çeklovlar AQŞ Qurolli kuçlari tomonidan belgilanişini bildirgan.

Şuningdek, joriy yilning 22 oktyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainaning harbiy maqsadlardagi Starşield suniy yöldoş aloqa tizimidan foydalaniş imkoniyati tiklanganini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: