USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nanotirannus skeleti 47,3 mln dollarga sotildi

17 марта
Нанотираннус скелети 47,3 млн долларга сотилди

AQŞning Nyu-York şahridagi Sotheby’s auktsionida nanotirannus dinozavrining noyob skeleti 47,3 million dollarga sotildi. Şu tariqa u tarixdagi eng qimmat qazilma topilmalar orasida ikkinçi örinni egalladi. Bu haqda CNN xabar berdi. 

Qayd etilişiça, “Jodi” deb nomlangan skeletning dastlabki qiymati 6–9 million dollar atrofida baholangan. Biroq auktsionda uning narxi ança yuqoriga kötarilgan. Bunga skeletning yaxşi saqlangani sabab bölgan: bugungi kunda olimlarga malum bölgan nisbatan butun nanotirannus skeletlaridan atigi uçtasi mavjud.

Jodining balandligi taxminan 2 metr, uzunligi esa 6 metrni taşkil etadi. Uning toşqotgan qoldiqlari 2019 yilda Montana ştatida yaşovçi fermer ayol Jodi Pirson tomonidan topilgan.

Nanotirannus uzoq vaqt davomida alohida dinozavr turi sifatida emas, balki yoş tirannozavr deb hisoblangan. Uning qoldiqlari ilk bor 1940 yillarda topilgan bölsa-da, tadqiqotçilar yaqindagina uni mustaqil tur sifatida tan olgan.

Jodi skeletining narxi dinozavr qoldiqlari uçun auktsionda tölangan rekord summadan atigi 3 million dollarga kam bölgan. Joriy yilning iyul oyida Gas laqabi bilan tanilgan tirannozavr skeleti 50,1 million dollarga sotilgan. U şu paytgaça topilgan eng yirik tirannozavr namunalaridan biri hisoblanadi.

Şu bilan birga, bunday qazilma qoldiqlarning kimoşdi savdolarida sotilişi ilmiy hamjamiyat vakillari tanqidiga sabab bölmoqda. CNN qayd etişiça, olimlar noyob topilmalar xususiy kollektsionerlar qöliga ötib, jamoatçilik uçun oçiq bölmagan joylarda saqlanib qolişidan xavotirda.

“Biz nanotirannus haqiqatan ham mavjud bölganini endigina bilib oldik, hozir esa eng yaxşi skeletlardan biri eng yuqori narx taklif qilgan xaridorga sotib yuboriladi. U muzeyga qöyilib, bolalar, oilalar va keng jamoatçilikni hayratga soliş hamda ilhomlantiriş örniga, qaysidir kollektsionerning omborida yöqolib ketişi mumkinligini öylaşning özi dahşatli”, deydi Şotlandiyadagi Edinburg universitetining paleontologiya va evolyutsiya professori Stiv Brusatte.

Skeletni sotib olgan şaxsning ismi oşkor etilmagan. Xaridor qoldiqqa bölgan barça huquqlarni qölga kiritgan. Bu unga skelet nusxalarini muzeylar va kollektsionerlarga sotiş imkonini ham beradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: