Suniy intellekt çatlaridagi sirlar sotuvga çiqişi mumkin
Suniy intellekt asosidagi çatbotlarni işlab çiquvçi Çaracter.AI kompaniyasining bankrotlik jarayoni millionlab foydalanuvçilarning şaxsiy malumotlari taqdiri borasida xavotirlarni keltirib çiqardi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Platforma foydalanuvçilarga turli virtual personajlar bilan suhbatlaşiş imkonini beradi. Undan ön millionlab odamlar, jumladan, voyaga yetmaganlar ham foydalangan. Ayrimlar çatbotlarga şaxsiy hayoti, munosabatlari va ruhiy keçinmalari haqidagi maxfiy malumotlarni işonib topşirgan.
Kompaniya bankrotlik jarayonida ayrim aktivlarini 20 million dollarga Disney kompaniyasiga beriş böyiça kelişuvga erişgan. Garçi uşbu bitim foydalanuvçilarning şaxsiy malumotlarini qamrab olmasa-da, sud hujjatlarida Çaracter.AI malumotlari boşqa xaridorlarga sotilişi mumkinligi qayd etilgan.
Vaziyat AQŞda ham jiddiy etirozlarga sabab böldi. 40 nafar ştat boş prokuroridan iborat koalitsiya suddan kompaniya aktivlarini sotiş jarayonida bolalar xavfsizligi va foydalanuvçilar maxfiyligini himoya qiliş çoralarini körişni söradi.
Çatbotlarga işonib aytilgan sirlar kimning qöliga ötişi mumkin?
Elektron maxfiylik axborot markazining (EPIC) suniy intellekt va inson huquqlari dasturi direktori Kalli Şrederning tuşuntirişiça, inson qiyofasidagi çatbotlar bilan suhbatlaşiş jarayonida odamlar odatdagidan köproq şaxsiy va nozik malumotlarini oşkor qilişi mumkin.
Bundan taşqari, bunday suhbatlarda faqat foydalanuvçining özi haqidagi malumotlar emas, balki uning oila azolari, döstlari va tanişlariga tegişli maxfiy malumotlar ham tarqalişi ehtimoli bor.
Mutaxassislarning xavotiri şundaki, suniy intellekt kompaniyalari bankrot bölganda yoki boşqa korxonalar bilan birlaşganda, ular töplagan malumotlar yangi egalar ixtiyoriga ötişi mumkin.
Çaracter.AI maxfiylik siyosati kompaniyaga foydalanuvçilar malumotlaridan yangi funktsiyalar yaratiş, suniy intellekt modellarini öqitiş, algoritmlarni rivojlantiriş va maqsadli reklama uçun profillar şakllantirişda foydalaniş imkonini beradi.
Şreder bunday malumotlarning boşqa kompaniyalar qöliga ötişi şaxsiy hayot daxlsizligi uçun jiddiy xavf tuğdirişini takidlagan.
Suniy intellekt kompaniyalarini qanday xavf kutmoqda?
BBC bilan suhbatlaşgan mutaxassislar suniy intellekt tizimlarini yaratiş va işlatiş katta xarajat talab qilişini takidlagan. Ayrim kompaniyalar esa uzoq muddat davomida foyda körmasligi mumkin.
Şu sababli suniy intellekt bozorida moliyaviy inqiroz yuzaga kelişi kompaniyalarning yopilişi yoki birlaşişiga olib kelişi ehtimoli bor. Bunday vaziyatda ular töplagan foydalanuvçilar malumotlari qimmatli aktivga aylanişi mumkin.
AQŞning Şimoliy Karolina universiteti huquq professori Melissa Jeykobining fikriça, amaldagi maxfiylik qonunçiligi bankrotlik jarayonida foydalanuvçilarni har doim ham yetarliça himoya qila olmaydi.
Foydalanuvçilar öz malumotlarini qanday himoya qilişi mumkin?
Mutaxassislar suniy intellekt xizmatlaridan foydalanişda şaxsiy malumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölişni tavsiya qilmoqda.
Jumladan, foydalanilmayotgan suniy intellekt xizmatlaridagi yozişmalar va şaxsiy malumotlarni öçiriş, maxfiylik sozlamalarini tekşiriş hamda zarur hollarda kompaniyaning qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qiliş mumkin.
Çaracter.AI ham foydalanuvçilar uçun akkauntni öçiriş böyiça körsatma elon qilgan
Mutaxassislar suniy intellekt xizmatlariga maxfiy malumotlarni kiritişdan oldin ularning qanday saqlanişi va işlatilişiga etibor qaratişga çaqirmoqda.