AQŞga qoçib ketgan Bolsonaru özini “Braziliya yetakçisi” deb elon qildi
Braziliyadagi prezidentlik saylovlarida mağlub bölgan Flaviu Bolsonaru özini mamlakat yetakçisi deb elon qildi. U saylov natijalarini soxtalaştirilgan deb atab, xorijdan turib demokratiya uçun kuraşişini bildirdi. Bu haqda DW xabar berdi.
Malum qilinişiça, Bolsonaru keça, 29 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqda Braziliya xalqiga maktub elon qilgan. Unda amaldagi Prezident Luis Inasiu Lula da Silvaning joriy yilning 25 oktyabr kuni bölib ötgan saylovdagi ğalabasi qonunbuzarliklar va korruptsiyalaşgan sud tizimi tufayli taminlanganini davo qilgan. Biroq u saylovda soxtalaştiriş bölganiga oid aniq dalillarni keltirmagan.
OAV xabarlariga köra, Bolsonaru dastlab özini Braziliyaning haqiqiy prezidenti va saylangan prezidenti deb atagan, biroq keyinçalik bu iboralarni öçirib taşlagan. U mamlakatda diktatura örnatilişiga yöl qöymaslik uçun xorijdan turib kuraş olib borişini aytgan.
Bolsonaru AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Argentina Prezidenti Xaver Mileyga ham qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildirgan.
Malumotlarga köra, Bolsonaru oilasi bilan avval Argentinaga, keyin Ekvadorga, u yerdan esa AQŞning Mayami şahriga yöl olgan. Uning mamlakatdan çiqib ketişi bilan boğliq vaziyatga ham etibor qaratilgan. Xususan, 26 oktyabr kuni unga Braziliyani tark etiş taqiqlangani va oddiy hamda diplomatik pasportlarini topşiriş haqida Oliy sud qarori taqdim etilgan. Bu korruptsiya, pul yuviş va soliq tölaşdan böyin tovlaş bilan boğliq tergovlar doirasida amalga oşirilgan.
Braziliyalik bir qator siyosatçilar Bolsonarining bayonotlarini tanqid qilgan. Senator Alessandro Viyeyra uning saylov natijalarini şubha ostiga qöyişini kulgili deb atagan. Senator Randolfi Rodriges esa bu murojaatni saylov jarayoniga hujum sifatida baholagan.
Braziliya Oliy saylov sudi raisi Kassiu Nunes Markes saylovlar qonun va Konstitutsiyaga muvofiq, imkon qadar normal tarzda ötganini takidlagan. Bir qator siyosiy partiyalar esa mamlakat demokratik jarayonlariga aralaşuvga yöl qöymaslik haqida qöşma bayonot bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Braziliyada prezidentlik saylovida amaldagi davlat rahbari Lula da Silvaga yutqazgan senator Flavio Bolsonaro sudning mamlakatdan çiqiş taqiqiqa qaramay, AQŞga qoçib ketgani haqida xabar berilgan edi.