Filippindagi eng faol vulqonlardan biri otildi
Filippindagi eng faol vulqonlardan biri – Mayon otilib, uning krateri ustida 3 ming metr balandlikkaça kul ustuni hosil böldi. Bu haqda NDTV naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, vulqon otilişi vaqtida osmonga quyuq kul kötarilgan va u şamol tasirida janubi-ğarbiy tomonga, aholi yaşaş hududlari ustiga tarqalgan. Hozirça atrofdagi şahar va qişloqlarda jabrlanganlar yoki vayrongarçiliklar haqida malumot kelib tuşmagan.
Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti Mayon vulqonining xavf darajasini 0–5 ballik şkala böyiça 2-bosqiçdan 3-bosqiçga kötargan. Mahalliy hokimiyatlarga kraterdan 6 kilometr radiusdagi hududlarda yaşovçilarni evakuatsiya qiliş tavsiya etilgan. Şuningdek, samolyotlarga vulqon yaqinida uçmaslik haqida ogohlantiriş berilgan.
Mutaxassislar vulqonda magmatik otilişning yangi bosqiçi boşlanganini bildirgan. Bu esa yaqin kunlar va haftalarda lava oqimlari, qizib ketgan gaz va vulqon materiallaridan iborat xavfli oqimlar yuzaga keliş ehtimolini oşiradi.
Malumot uçun, balandligi 2 462 metr bölgan Mayon vulqoni Filippin poytaxti Maniladan qariyb 330 kilometr janubi-şarqda joylaşgan. U mamlakatdagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Indoneziyada Anak-Krakatau vulqoni otilişi oqibatida tarqalgan vulqon kuli sabab 8 ta aeroport faoliyati töxtatilgani haqida xabar berilgan edi.