USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

BAA Prezidenti Flydubai samolyotini qutqargan uçuvçilarni taqdirladi

18 марта
БАА Президенти Flydubai самолётини қутқарган учувчиларни тақдирлади

Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon joriy yilning 30 sentyabr kuni samolyotni egallab olişga urinişning oldini olgan Flydubai aviakompaniyasi ekipajini mukofotladi. Bu haqda “Khaleej Times” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, ekipaj azolariga “Zoid II” ordenining birinçi darajasi topşirilgan. Uşbu mukofot odatda BAA bilan hamkorlikni mustahkamlaş va davlat xizmatidagi hissasi uçun xorijiy elçilar, diplomatlar, yuqori lavozimli amaldorlar hamda xalqaro arboblarga beriladi.

Mukofotlarni Dubay valiahd şahzodasi, BAA Boş vaziri örinbosari va Mudofaa vaziri Şayx Hamdan bin Muhammad bin Raşid Ol Maktum tantanali marosimda topşirgan. U ekipaj azolarining yölovçilar xavfsizligini taminlaş yölida körsatgan jasorati va masuliyatini yuqori baholagan.

BAA Prezidentining diplomatik maslahatçisi Anvar Gargaş ham ekipajni etirof etib, ularning harakatlarini inson hayotini asraş yölidagi jasorat namunasi deb atagan.

Flydubai samolyotini egallab olişga uriniş

Joriy yilning 30 sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uçayotgan Flydubai aviakompaniyasining yölovçi samolyoti uni egallab olişga uriniş haqidagi signaldan söng Saudiya Arabistonining Tabuk şahri aeroportiga favqulodda qöndirilgandi. Bunga uçuvçilar kabinasidagi muştalaşuv sabab bölgan. Muştalaşuv davomida samolyot bor-yöği 29 soniya içida balandlikni 9410 metrdan 5105 metrgaça keskin yöqotgan.

Boeing 737 MAX 8 bortida 174 kişi, jumladan, 27 nafar bola bölgan, ularning aksariyati Isroil fuqarolari. Bazi yölovçilarning sözlariga köra, avvaliga pilotlar kabinasidan baqir-çaqir eşitilgan, keyin kabina eşigi keng oçilib ketgan va ular bir pilotning jarohatlanganini, kiyimlari qonga belanganini körgan. Unga birinçi yordam körsatilgan, yölovçilardan biri şifokor bölib çiqqan. Ekipaj azolari va reys yölovçilari hujum qilgan şaxsni zararsizlantirişga ham muvaffaq bölgan.

Reys uçuvçisi jarohatlar bilan Saudiya Arabistonida şifoxonaga yotqizilgan Hindiston fuqarosi Smit Maççxar bölgan. Hindiston Boş vaziri Narendra Modi bilan videoaloqa orqali muloqotda u hujumdan söng samolyot balandlikni jadal yöqotayotganini va vaqt deyarli qolmaganini tuşunganini aytib bergan.

“Men polda jarohatlanib yotardim, lekin özimga sönggi harakatni qilib, eşikni içkaridan oçişim kerakligini aytdim. Emaklab borişga harakat qila boşladim. Eşik juda yaqin edi. Uni oçişga muvaffaq böldim va boşqa odamlar kirib kelişdi”, deydi u.

Modi uçuvçining harakatlarini köpçilikning hayotini saqlab qolgan mardlik, iroda va tezkor qaror qabul qiliş qobiliyatining namoyon bölişi deb atagan.

“The Telegraph” malumotlariga köra, hujum paytida Maççxar böynidan oğir jarohat olgan, uning çap qöli esa deyarli kesilib ketgan edi. Şifoxonadan elon qilingan kadrlarda uning boşi va qöllarida boğlamlarni köriş mumkin.

Guvohlarning aytişiça, hujumdan söng uçuvçi köp qon yöqotib, asta-sekin huşidan ketgan. Unga yölovçilardan biri, stomatolog Şota Musayev yordam körsatgan.

Saudiya Arabistoniga qönişni aviahalokatning oldini olgan holda, bortda yölovçi sifatida ketayotgan boşqa ikki uçuvçi amalga oşirgan. CNN telekanalining aniqlik kiritişiça, samolyotni keyingi reysni bajarişi kerak bölgan ikki nafar “zahiradagi pilot” qöndirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: