Leo XIV AQŞ saylovlarida ovoz bergan tarixdagi ilk Rim papasi böldi
Rim papasi Leo XIV AQŞda ötkaziladigan umumiy saylovda ovoz bergan tarixdagi ilk pontifik böldi. U joriy yilning 3 noyabr kuni bölib ötadigan oraliq saylovlarda poçta orqali ovoz berdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Vatikan Leo XIV saylov byulletenini yuborganini tasdiqlagan. Vatikan matbuot xizmatining malum qilişiça, papa AQŞ fuqarosi sifatida ovoz beriş huquqidan foydalangan. U avval ham saylovlarda qatnaşiş imkoniyati bölgan paytlarda ovoz bergan. Jumladan, 20 yildan ortiq vaqt davomida missioner ruhoniy va yepiskop sifatida yaşagan Peruda ham saylovlarda qatnaşgan.
“Muqaddas Ota fuqarolarning demokratik jarayonlarda iştirok etiş huquqi va burçiga işonadi”, deyiladi Vatikan bayonotida.
Leo XIVning asl ismi Robert Prevost. U AQŞ va Peru fuqaroligiga ega. Şu bilan birga, Vatikan davlat rahbari ham hisoblanadi. Vatikan mutlaq monarxiya bölgani sababli u yerda siyosiy saylovlar ötkazilmaydi.
AQŞ qonunçiligi xorijda yaşayotgan fuqarolarga, jumladan, boşqa davlat hukumatlarida işlayotgan amerikaliklarga ham poçta orqali ovoz beriş imkonini beradi.
Leo XIV Illinoys ştatining Nyu-Lenoks şahrida röyxatdan ötgan. U 3 oktyabr kuni poçta orqali ovoz beriş uçun byulleten söragan. Bu haqda Uill okrugi kotibi apparati rahbari Kim Fladxammer malum qilgan.
Qayd etilişiça, papa bu sörovni öng öpkasidagi saraton ösmasini olib taşlaş böyiça operatsiyadan 10 kun oldin yuborgan. U joriy yilning 17 oktyabr kuni şifoxonadan çiqarilgan va şundan söng Vatikandagi faoliyatiga asta-sekin qaytgan.
Uning saylov byulletenini qanday yuborgani hozirça nomalum.
Illinoys ştatidagi saylovlarda saylovçilar gubernator Jey Bi Prittskerni uçinçi muddatga saylaş yoki saylamaslik masalasini hal qiladi. Şuningdek, uzoq yillik senator Dik Durbin istefoga çiqqani sababli AQŞ Senatidagi böş örin uçun ham ovoz beriladi.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp bu saylovda qatnaşmaydi. Biroq u respublikaçilar Vakillar palatasi va Senatdagi köpçilik örnini saqlab qolişi uçun faol taşviqot olib bormoqda.
Leo XIV papa etib saylanganidan keyin AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan bir neça bor oçiq tortişgan. Rim papasi AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşini tanqid qilgan, şuningdek, Tramp mamuriyatining muhojirlarga qarşi siyosati va ommaviy deportatsiyalar fonida ularga munosib munosabatda bölişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rim papasi Leo XIVda öpka saratoni aniqlangandi. Rim papasi öpkasida ötkazilgan jarrohlik amaliyotidan söng joriy yilning 17 oktyabr kuni şifoxonadan çiqib, Vatikanga qaytgandi.