Frantsiyada yana tartibsizlik: 70 ming politsiyaçi safarbar etiladi
Frantsiyada bugun, 31 oktyabr kuni mamlakat böylab ötkazilişi rejalaştirilgan norozilik namoyişlari vaqtida jamoat tartibini saqlaş uçun 70 ming nafar politsiyaçi safarbar etiladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, namoyişlar turmuş darajasining pasayişi, davlat xizmatlari va hukumat siyosatidan norozilik fonida ötkazilmoqda. Içki işlar vaziri Loran Nyune vaziyatni keskin deb baholab, har qanday tartibsizlikka qatiy javob berilişini bildirgan.
Rasmiylar tartibsizliklar iştirokçilari şaxsini yaşiriş uçun Xellouin niqoblaridan foydalanişi mumkinligidan ham xavotirda. Vazirning takidlaşiça, jamoat tartibiga xavf tuğilgan holatlarda politsiya fuqarolardan yuzlarini oçişni talab qiliş huquqiga ega.
Norozilik namoyişlari sentyabr oyi oxirida, hukumat 2027 yilgi davlat byudjeti böyiça muzokaralarni boşlaganidan söng kuçaygan. Namoyişlarga talabalar, kasaba uyuşmalari va “Sariq nimçalilar” harakati vakillari qöşilgan. Ular yaşaş xarajatlarini kamaytiriş, talim tizimini yaxşilaş va yoqilği narxini pasaytirişni talab qilmoqda.
Avvalgi namoyişlarda Frantsiyaning turli şaharlarida dökonlar, jamoat binolari va biznes obektlariga zarar yetkazilgan. Savdo palatasi çakana savdo korxonalariga yetkazilgan zararni 1 milliard yevrodan ortiq deb baholagan. Ayrim hisob-kitoblarga köra, suğurta bilan qoplanmaydigan zarar va yöqotilgan daromadlar qöşib hisoblanganda, umumiy miqdor bundan ikki baravar köp bölişi mumkin.
Şuningdek, hukumat tartibsizliklarni sodir etgan şaxslarni ular yetkazgan zarar uçun 10 ming yevrogaça tölaşga majbur etuvçi qonun loyihasini ilgari surmoqda. Biroq huquq himoyaçilari va ayrim advokatlar bu taşabbus tinç namoyişlar ötkaziş huquqiga salbiy tasir körsatişi mumkinligini bildirgan.
Malumotlarga köra, Frantsiyadagi noroziliklar boşqa Yevropa davlatlariga ham tasir körsatgan. Jumladan, 31 oktyabr kuni Germaniyaning 30 dan ortiq şahrida ham namoyişlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, Frantsiyada joriy yilning 24 oktyabr kuni narxlarning oşişiga qarşi yana köp ming kişilik mitinglar bölib ötgani haqida xabar berilgan edi.