Italiyaning 60 dan ortiq şahrida 1,5 mln odam namoyişga çiqdi
Italiyaning 60 dan ortiq şahrida yaşaş narxlarining oşişi va harbiy xarajatlarning köpayişiga qarşi ommaviy namoyişlar bölib ötdi. Bu haqda DW xabar berdi.
Keça, 30 oktyabr kuni ötkazilgan namoyişlarda iştirokçilar ijara haqi va yoqilği narxlarining oşişiga norozilik bildirgan. Şuningdek, mamlakat böylab 24 soatlik umumiy iş taşlaş ham elon qilingan.

Namoyişlarni taşkil etgan USB kasaba uyuşmasi malumotlariga köra, aktsiyalarda 1–1,5 million kişi qatnaşgan. Italiya Içki işlar vazirligi esa iştirokçilar sonini 255 ming kişi deb baholagan.

Namoyişçilarning asosiy şiorlaridan biri “Bizga köproq bomba emas, köproq uy-joy kerak” bölgan. Ular davlat mablağlarini harbiy xarajatlarga emas, aholining kundalik ehtiyojlariga yönaltirişni talab qilgan.

Italiya milliy axborot agentligiga köra, Rim va Turinda namoyişlar vaqtida tartibsizliklar yuz bergan. Ayrim iştirokçilar axlat qutilariga öt qöyib, politsiyaga turli buyumlarni uloqtirgan. Huquq-tartibot xodimlari bunga közdan yoş oqizuvçi gaz va suv töplari bilan javob qaytargan. Boşqa şaharlardagi namoyişlar esa asosan tinç ötgan.

Italiya içki işlar vaziri Matteo Pyantedozi politsiya harakatlarini izohlab, körilgan çoralar tinç namoyiş ötkaziş huquqini himoya qilişga xizmat qilganini bildirgan.

Malumot uçun, sönggi haftalarda Yevropaning boşqa mamlakatlarida ham yaşaş xarajatlari oşişiga qarşi norozilik namoyişlari kuzatilmoqda. Xususan, Frantsiyada ötkazilgan aktsiyalar ayrim hududlarda politsiya bilan töqnaşuvlarga aylangan. Bugun, 31 oktyabr kuni Germaniyaning 30 dan ortiq şahrida ham şunga öxşaş namoyişlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada mamlakat böylab ötkazilişi rejalaştirilgan norozilik namoyişlari vaqtida jamoat tartibini saqlaş uçun 70 ming nafar politsiyaçi safarbar etilişi haqida xabar berilgan edi.