Eron armiyasi AQŞ va Isroil aktivlariga zarba berişi mumkin – Xomanaiy
Eron Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy mamlakat harbiy qömondonlariga duşman tomonidan yuzaga kelişi mumkin bölgan har qanday tahdidga geografik çegaralardan qati nazar, zudlik bilan va samarali javob qaytariş böyiça körsatma berdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Xomanaiyning aytişiça, duşmanni har qanday tajovuzdan qaytarişning asosiy şarti — harbiy jihatdan doimo yuqori darajadagi tayyorgarlikni saqlaşdir.
“Agar duşmanlar yana bir bor harbiy yoki terrorçilik hujumlarini boşlasa, ularning yakuni qaçon va qanday bölişini Eron qurolli kuçlari va Eron xalqi hal qiladi”, deydi u.
Oliy rahnamoning X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qilinişiça, u 31 oktyabr kuni mamlakat Qurolli kuçlarining yuqori martabali qömondonlari bilan uçraşib, ularga strategik körsatmalar bergan.
Uçraşuvda Xomanaiy Eron mudofaasini kuçaytiriş va yangi texnologiyalardan foydalaniş zarurligini takidlagan. U mamlakatning harbiy axborot tuzilmasini mustahkamlaş, şuningdek, doktrina va taktika sohalarida milliy mudofaani çuqurlaştirişga çaqirgan.
Yangi texnologiyalarni qöllaş orqali zamonaviy mudofaa va xavfsizlik imkoniyatlarini oşiriş masalasi ham muhokama qilingan.
Şuningdek, Xomanaiy duşmanga qarşi çoralar doirasida nişonlar bazasini yangilaş qarorini ham kiritgan. Natijada AQŞ va Isroilning barça moddiy va nomoddiy aktivlari Eron armiyasi yetib borişi mumkin bölgan nişonlar qatoriga kiritilgan.
IRIB davlat telekompaniyasi malumotiga köra, Eron sud tizimi rahbari Ğulom Husayn Muhsiniy Ejey Tehron duşmanlari bilan hamkorlikda ayblanayotgan şaxslarning işlarini imkon qadar tezroq körib çiqişga çaqirgan. U vataniga oçiqdan oçiq xiyonat qilgan va “tajovuzkor duşmanga” malumot uzatganlarga nisbatan qonunga muvofiq, aniq va adolatli çoralar körilişi şartligini bildirgan.