USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron aholisiga yadroviy zarbaga tayyorgarlik böyiça ogohlantiriş berildi

54 марта
Эрон аҳолисига ядровий зарбага тайёргарлик бўйича огоҳлантириш берилди

Eron davlat televideniyesi mamlakatga yadroviy zarba berilgan taqdirda aholi qanday harakat qilişi kerakligi haqida maxsus ogohlantiriş berdi. Xususan, fuqarolarga portlaş vaqtida qayerga yaşiriniş, özini radiatsiyadan qanday himoya qiliş va boşpanadan qaçon çiqiş mumkinligi böyiça tavsiyalar taqdim etildi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.

Eron davlat televideniyesi efirida aholiga quyidagi tavsiyalar berilgan:

  • birinçidan, kuçli yoruğlik çaqnaşiga qaramaslik, zudlik bilan pana joyga yaşiriniş, yerga yotib, boş va yuzni qöllar bilan tösiş kerak;
  • ikkinçidan, portlaş tölqini ötgaç, eng yaqin binoga kiriş lozim. Hodisani tomoşa qiliş yoki suratga oliş uçun töxtamaslik, avtomobil içiga yaşirinmaslik, deraza va taşqi devorlardan uzoqroq turiş tavsiya etilgan;
  • uçinçidan, iliq suv va sovun bilan yuviniş, konditsionersiz oddiy şampundan foydalaniş kerak. Çömiliş imkoni bölmasa, yuz, qöl va oçiq teri qismlarini suv yoki nam salfetka bilan tozalaş lozim;
  • törtinçidan, faqat idişdagi suv va qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalaniş, boşpanada kamida 24 soat qolişga tayyor turiş kerak. Agar bino içida yonğin çiqsa yoki uning qulaş xavfi tuğilsa, xavfsizroq joyga ötiş tavsiya qilingan;
  • beşinçidan, 24 soat ötgaç ham atrof-muhitni xavfsiz deb hisoblamaslik lozim. Boşpanadan çiqiş uçun xavfsiz yönalişni aniqlaş maqsadida rasmiy elonlar va favqulodda xabarlarni kuzatib boriş kerak.

Uşbu ogohlantirişlar AQŞ Eronga yadroviy zarba berişi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yangradi. Taniqli amerikalik jurnalist Taker Karlson AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bosimi ostida Eronga yadroviy zarba berişi mumkinligini davo qildi.

“Netanyaxu bosimi bilan Tramp mamuriyati bir neça kun içida Eronga yadroviy zarba berişi mumkin”, deb yozdi Karlson 2 noyabr kuni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Jurnalistning takidlaşiça, ehtimoliy nişon Pikaks toği bölişi mumkin. Uning aytişiça, Isroil razvedkasi Tehron uşbu hududda uranni boyitiş dasturini qayta tiklaganini tasdiqlagan.

Trampning avvalgi tarafdorlaridan bölgan Karlson obekt mudofaasini yorib öta oladigan boşqa qurol yöqligini, şu sababli “yadroviy zarba yagona variant” ekanini aytgan.

Ayrim mutaxassislar bunday qaror ehtimolini keskin tanqid qildi. Siyosiy tahlilçi va Eron böyiça ekspert Vali Nasr bu haqda şunday fikr bildirdi:

“Agar bu rost bölsa, AQŞ mamuriyati uçun juda oğir ayblovdir. Zero, bunday aqlsizlikka boşqa bir mamlakatning tazyiqi ostida qöl urilayotgani vaziyatni yanada jiddiylaştiradi”.

AQŞ Prezidenti sönggi paytlarda Erondagi ayrim obektlarga zarba beriş ehtimoli haqida gapirib kelmoqda. Biroq u muzokaralar yaxşi ketayotganini ham bildirgan.

Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçining 2 noyabr kuni malum qilişiça, 1 noyabr kuni Dohada Qatar vakillari bilan kelişuvga erişiş böyiça muzokaralar davom etgan. Ammo hozirça yakuniy kelişuvga erişilmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: