USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qayiqlarni tasvirga olayotgan vertolyot suvga quladi. Uçuvçi halok böldi

39 марта
Қайиқларни тасвирга олаётган вертолёт сувга қулади. Учувчи ҳалок бўлди

AQŞning Florida ştati Mayami şahri yaqinida kiçik vertolyot suvga qulab tuşdi. Hodisa oqibatida uçuvçi halok böldi, vertolyotdagi yana ikki kişi oğir jarohatlandi. Bu haqda AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati malum qildi.

Qayd etilişiça, hodisa keça, 4 noyabr kuni ertalab Key-Biskeyn oroli yaqinida sodir bölgan. Robinson R44 rusumli vertolyot Pembrok-Payns şahridagi Nort-Perri aeroportidan soat 11:00 ga oz vaqt qolganida havoga kötarilgan.

Dastlabki malumotlarga köra, tijoriy vertolyot janubga qarab harakatlanayotgan qayiqlarni tasvirga olayotgan bölgan. U Key-Biskeyn oroliga olib boruvçi köprik yaqinida bir neça marta aylangan, söng janub tomonga burilib, taxminan yetti daqiqadan keyin suvga qulagan.

Hodisa haqida soat 11:30 atrofida yordam sörab yuborilgan signal orqali tegişli xizmatlarga xabar berilgan. Yaqin atrofda bölgan AQŞ Bojxona va çegara xizmati xodimlari suvdan ikki nafar erkakni qutqarib, bandargohga olib çiqqan. Ular şifoxonaga yetkazilgan. Şerif idorasi malumotiga köra, jabrlanuvçilarning ahvoli oğir, biroq barqaror.

Şerif idorasining dengiz patruli xodimlari esa qayiqdagi fuqaro yurak-öpka reanimatsiyasini ötkazayotgan yana bir erkakni qabul qilib olgan. U vertolyot uçuvçisi bölgan va hodisa joyida vafot etgan deb topilgan.

AQŞ Transport xavfsizligi milliy kengaşi va Federal aviatsiya mamuriyati halokat sabablarini örganmoqda. Mayami-Deyd okrugi şerifi idorasining qotilliklarni tergov qiliş bölimi ham uçuvçining ölimi yuzasidan suriştiruv olib bormoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nepaldagi Everest çöqqisi hududida qönişga tayyorlanayotgan ikkita vertolyot töqnaşib ketgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: