USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Maduro Amerika qamoqxonasida Quron va Injil öqiyapti – OAV

52 марта
Мадуро Америка қамоқхонасида Қуръон ва Инжил ўқияпти – ОАВ

Bruklin federal tergov hibsxonasida saqlanayotgan Venesuelaning öğirlangan prezidenti Nikolas Maduro böş vaqtining katta qismini Injil, Quron va falsafiy adabiyotlarni öqiş bilan ötkazmoqda. Bu haqda uning saqlaniş şaroiti bilan taniş olti nafar manbaga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

Gazeta malumotlariga köra, 63 yoşli Maduro din vakillari, jumladan, katolik ruhoniysi va ravvin bilan muntazam muloqot qilib turadi.

Avvalroq, siyosatçi uning ajdodlari orasida Niderlandiya Antil orollaridan Venesuelaga köçib kelgan sefard yahudiylari bölganini aytgan. Prezidentlik davrida Maduro özini katolik sifatida körsatgan, yevangelist (nasroniylikning protestantlik yönalişiga mansub diniy oqim azolari) jamoalar bilan aloqalarni qöllab-quvvatlagan va hindistonlik Satya Sai Baba talimotiga qiziqqan.

Hibsdagi vaqti davomida sobiq prezident sezilarli darajada ozgan. NYT manbalari vazn yöqotişni, jumladan, u bir neça bor şikoyat qilgan qamoqxona ovqatlarining sifati bilan boğlamoqda. Hibsga olingunga qadar Maduro paleodiyetaga amal qilgan.

Naşr malumotlariga köra, uning rafiqasi Siliya Floresda soğliq bilan boğliq yanada jiddiy muammolar yuzaga kelgan.

Sud hujjatlariga muvofiq, 70 yoşli Flores 11 kilogrammdan ortiq vazn va ikkita tişini yöqotgan. Unga kökrak qafasidagi oğriqlarga qarşi dori-darmonlar tayinlangan, advokatlar esa iyul oyida u yengil yurak xurujini boşdan keçirgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Uşbu taxminning tibbiy tasdiği mavjud emas.

Himoya tomonining sözlariga köra, Flores qariyb uç oyni bir kişilik kamerada ötkazgan, sutkasiga uç-tört soat uxlaydi hamda mahbuslar muştlaşuvini töxtatiş vaqtida qöriqçilar qöllagan qalampirli aerozol tasiriga tuşib qolgan.

Eslatib ötamiz, Maduro va uning rafiqasi joriy yil 3 yanvar kuni Amerika harbiylarining Karakasdagi operatsiyasidan söng hibsda saqlanmoqda. Ular AQŞda qöyilgan ayblovlarni, jumladan, narkotrafik bilan boğliq ayblovlarni rad etmoqda.

Sud muhokamasi 2027 yil iyun oyiga belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: