Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari kiberhujumga uçradi
Keça, 15 noyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari kiberhujumlarga uçradi. Bu haqda Ozarbayjon rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Tegişli tuzilmalar uşbu hujumlarning oldini oliş va ularni tergov qiliş böyiça zarur çoralarni körmoqda”, deyiladi xabarda.
Boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Malumot uçun, Aliyevning rasmiy akkauntlari Instagram, YouTube, Facebook va X tarmoqlarida mavjud. Ularga havolalar Prezident saytida joylaştirilgan.
Xabar elon qilingan vaqtda Ozarbayjon yetakçisining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari işlab turgan edi. Elon qilingan sönggi post uning bir haftalik faoliyatiga oid videoşarh bölgan. Bir neça soat avval Aliyev mamlakat televideniye va radio xodimlarini tabriklab, ularning milliy qadriyatlarni asraş va jamiyatni xabardor qilişdagi örnini alohida takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston bilan aloqador xakerlar guruhi suniy intellektdan foydalanib, Tojikistonning milliy xavfsizlikka oid 2 mingdan ortiq davlat hujjatini öğirlagani haqida xabar berilgan edi.