USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Britaniya Rossiya puli hisobiga Kiyevga raketa beradi

133 марта

Britaniya Rossiya puli hisobiga Kiyevga raketa beradi

Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer Ukrainaga 70 million funt sterling qiymatidagi havo hujumidan mudofaa raketalarini topşirişni elon qildi, bu esa muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromaddan foydalanganlik uçun tölanadi. Starmerning tegişli bayonoti bugun, 25 iyunga ötar keçasi elon qilindi.
“Yangi harbiy yordam paketi doirasida Kiyev Britaniya kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun 350 ta zamonaviy raketa oladi”, deb yozadi “The Guardian” gazetasi.
Naşrning yozişiça, London törtinçi yildirki Rossiyaning keng kölamli bosqinidan özini himoya qilib kelayotgan Ukraina uçun qurol sotib oliş maqsadida Rossiya aktivlaridan birinçi marta foydalanmoqda.
“Ukraina Qurolli Kuçlari uçun möljallangan, dastlab havo-havo raketalari sifatida işlab çiqilgan ASRAAM raketalari qirollik harbiy-havo kuçlari va MBDA işlab çiqaruvçisi muhandislari tomonidan rekord muddatda – uç oyda yerdan uçiriş uçun moslaştirilgan. Ular Buyuk Britaniya tomonidan taqdim etilgan Raven tizimlari yordamida joylaştiriladi. Ayni paytda beşta şunday tizim Ukrainaga yöl oldi va şu tariqa ularning Ukraina Qurolli Kuçlarida xizmat qilayotgan umumiy sonini 13 taga yetkazdi”, deb yozadi naşr.
Starmer Ukrainaga yordam beriş uçun Rossiya mablağlaridan foydalanişni qonuniy deb hisobladi. Bugun, 25 iyun kuni Gaagadagi NATO sammiti boşlanişidan oldin gapirgan Starmer Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan boşlangan vahşiyona va noqonuniy uruşning narxini Ukraina emas, Rossiya tölaşi kerakligini takidladi.
“Şuning uçun biz musodara qilingan Rossiya aktivlaridan Ukrainaning havo mudofaa tizimini mustahkamlaş uçun foydalanişni töğri deb hisoblaymiz. Ukraina xavfsizligi bizning xavfsizligimiz uçun juda muhim”, deya tuşuntirdi u.
Öz navbatida, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Jon Xili Rossiyani raketa hujumlarini davom ettirişda va tinç yöl bilan tartibga soliş istagi yöqligida aybladi.
“London tomonidan yetkazib beriladigan raketalar hayotni saqlab qoladi va Britaniya mudofaa sanoati zamonaviy uruş ehtiyojlariga moslaşa olişini isbotlaydi”, deya qöşimça qildi u.
ASRAAM raketalarini yetkazib beriş Britaniya tarixidagi 4,5 milliard funt sterling qiymatidagi eng yirik harbiy yordam paketining bir qismidir. Şuningdek, mart oyida London Ukraina uçun 5000 ta havo hujumidan mudofaa raketalarini sotib oliş uçun 1,6 milliard funt sterling ajratilişini elon qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: