Makron Rossiya bilan aloqa qilişdan oldin “obdan öylaş”ga çaqirdi
25-06-2025, 23:18
250 марта

Makron Rossiya bilan aloqa qilişdan oldin “obdan öylaş”ga çaqirdi
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron NATOning Gaaga şahridagi sammiti doirasida Yevropani Rossiya bilan kelajakda muloqot qilişdan oldin yaxşilab öylab körişga çaqirdi. Bu haqda Frantsiya rahbari jurnalistlar bilan bölib ötgan uçraşuvda söz oçdi.Uning takidlaşiça, Yevropa mamlakatlari doimiy ziddiyat holatida yaşaşi mumkin emas. Hozirda Rossiyadan qurollaniş darajasi jihatidan orqada qolayotgan Yevropa öz xavfsizligini taminlaş uçun qurollanişi kerak, lekin şu bilan birga kelajakdagi xavfsizlik arxitekturasi, yaşaş şaroitlari va Rossiya bilan qanday dialog olib borilişi haqida öylab qöyiş lozim.
Uning fikriça, bu xavfsizlik kafolatlari, xuddi sovuq uruş davridagidek, qurol-yaroğ tarqalişini va qurollaniş hajmini çeklaşni öz içiga olişi kerak.
“Şuning uçun biz hammamiz özimizni himoya qiliş uçun qanday çegaragaça borişga tayyormiz va Rossiya bilan qanday şartlarda muloqot olib borişimiz mumkinligi haqida qayta öylab körişimiz zarur”, degan Frantsiya rahbari.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa Rossiyaning NATOga hujum qiliş niyati borligi haqidagi davolarni “butkul yolğon” deb atagan. Kremlga köra, NATO davlatlari içki birdamlikni saqlab qoliş va harbiy byudjetlarni oqlaş maqsadida Rossiyani “monster” (vahşiy duşman) sifatida körsatişga urinmoqda.
Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov esa global xavfsizlik tizimining buzilişi uçun NATO siyosatini aybladi. U AQŞni bir neçta yadro va raketa nazorati böyiça xalqaro şartnomalardan çiqişda ayblab, ularning harakatlari strategik barqarorlikka katta zarar yetkazganini aytdi.