USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin qöl uzatdi, Si Tszinpin esa yuzini burdi: APEC sammitidagi kutilmagan holatlar

158 марта
Путин қўл узатди, Си Цзиньпин эса юзини бурди: APEC саммитидаги кутилмаган ҳолатлар

Xitoy rahbari Si Tszinpin Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni noqulay vaziyatga solib qöydi. Şençjenda ötayotgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida u Putinning qöl berib körişiş taklifiga javob bermadi. Keyin esa Rossiya yetakçisini AQŞ Prezidenti Donald Tramp yonidan çetga surib, rafiqasi uçun joy böşatdi. Bu holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Qayd etilişiça, voqea keça, 18 noyabr kuni uç davlat rahbari guruh bölib suratga tuşişga tayyorlanayotgan vaqtda yuz bergan. Putin avvalroq Tramp bilan iliq körişib, u bilan qisqa suhbatlaşgan edi. Biroq Si Tszinpin bilan uçraşganida vaziyat boşqaça tus oldi. Xitoy rahbari Rossiya prezidentining qöl uzatişiga javob bermagandek körindi.

Şundan söng Tramp Putinga yonida turişni işora qildi. Ammo Si Tszinpin uni çetga surib, rafiqasi – Xitoyning birinçi xonimi Pen Liyuan uçun joy oçdi. Natijada Putin suratga tuşiş vaqtida yolğiz qoldi, Xitoy rahbari esa unga orqa ögirib, Tramp bilan suhbatlaşdi.

Etiborlisi, Si Tszinpin sammitga kelgan Trampni Şençjen aeroportida şaxsan kutib oldi. Bu Xitoy rahbari lavozimga kelganidan beri xorijiy davlat rahbarini aeroportda kutib olgan ilk holat böldi. Putin esa Xitoyga kelganida bunday kutib olinmagan. Uni Xitoy aeroportida Si Tszinpinning yaqin yordamçisi Tsay Tsi kutib olgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Trampning Xitoydagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti vaqtida uxlab qolgani aks etgan video tarqalgan edi. 80 yoşli prezident Xitoy rahbari Si Tszinpin mintaqa kelajagi haqida nutq sözlayotgan paytda közlarini yumgan va uxlab qola boşlagandek köringan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: