USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yevropaning 25 davlatida yoşlar norozilik namoyişlariga çiqdi

44 марта
Европанинг 25 давлатида ёшлар норозилик намойишларига чиқди

Yevropaning kamida 25 davlatida minglab yoşlar talimni moliyalaştirişni oşiriş, iqlim özgarişiga qarşi çoralar köriş va majburiy harbiy xizmatni bekor qiliş talabi bilan namoyiş ötkazdi. Aktsiyalar keça, 20 noyabr kuni “Kelajagimiz uçun kuraşamiz, ularning uruşlari uçun emas” şiori ostida taşkil etildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Malum qilinişiça, xalqaro yoşlar iş taşlaşi doirasidagi namoyişlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Xorvatiya kabi mamlakatlarda bölib ötgan. Germaniyaning “Gen Z regelt” (“Z avlod özgariş qiladi”) harakati mamlakatning 73 ta şahri va aholi punktida namoyişlarni taşkil etgan.

Germaniya poytaxti Berlindagi Aleksandrplats maydonida taxminan 4 ming kişi töplangan. Kyoln şahridagi namoyişda ham minglab odamlar qatnaşgan. Biroq ularning soni politsiya kutgan 5 ming kişiga yetmagan.

Namoyişçilarning talablari turliça bölgan. Ular talim muassasalarini moliyalaştirişni köpaytiriş, maktablar infratuzilmasini yaxşilaş, iqlim özgarişiga qarşi çoralar köriş, harbiy xarajatlarni kamaytiriş va yaşaş narxining oşişiga qarşi çiqişgan. Ayrim iştirokçilar Falastin bayroqlarini ham kötargan.

Italiyada esa namoyişlar yanada keng kölamda ötgan. Iştirokçilar Boş vazir Jorja Meloni hukumatining iqtisodiy siyosatiga qarşi çiqib, iş haqini oşiriş va davlat xizmatlariga köproq mablağ ajratişni talab qilgan. Mamlakat böylab ön minglab odamlar köçalarga çiqqan.

Qayd etilişiça, Frantsiyada avvalgi namoyişlar politsiya bilan töqnaşuvlar va talon-toroj holatlari bilan keçgan bölsa, 20 noyabr kungi aktsiyalar asosan tinç ötgan. Yevropaning turli şaharlarida namoyişçilarning soni bir neça yuz nafardan bir neça ming nafargaça bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Italiyada minglab işçilar, xizmatçilar va talabalar Jorja Meloni hukumati siyosati hamda 2027 yilgi byudjet loyihasiga qarşi norozilik aktsiyalarida çiqqan edi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: