FBRning jinoyatçilikka oid malumotlar bazasiga xakerlar hujum qildi
AQŞ Federal qidiruv byurosi (FBR) mamlakat böylab huquqni muhofaza qiluvçi organlar foydalanadigan jinoyatçilikka oid malumotlar bazasiga xakerlar kirgan bölişi mumkinligini tekşirmoqda. Bu haqda CNN naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, gap Milliy jinoyatçilikka oid axborot markazi (NCIC) malumotlar bazasi haqida ketmoqda. Uşbu tizim federal, ştat va mahalliy huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasida malumot almaşiş uçun xizmat qiladi. Unda qidiruvdagi şaxslar, hibsga oliş orderlari va fuqarolarni tekşirişga oid malumotlar saqlanadi.
Ikki manbaga köra, xakerlar mazkur tizimga kirgan bölişi mumkin. Hodisa sönggi bir neça oy içida FBR tizimlariga nisbatan sodir etilgan ikkinçi kiberhujum hisoblanadi.
Malumotlarga köra, NCIC huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun eng muhim axborot tizimlaridan biri sanaladi. Mamlakat böylab politsiya xodimlari undan qidiruvdagi şaxslarni aniqlaş, hibsga oliş orderlarini tekşiriş va jamoat xavfsizligiga tasir qilişi mumkin bölgan malumotlarni olişda foydalanadi.
Sobiq FBR xodimlaridan biri xakerlar tizimdagi malumotlarni qölga kiritganidan taşqari, ularning haqqoniyligiga ham zarar yetkazişi mumkinligidan xavotir bildirgan. Çunki politsiya xodimlari öz qarorlarini aynan şu malumotlarga tayanib qabul qiladi.
Sentyabr oyida ŞinyHunters nomli xakerlar guruhi byuroning işga qabul qiliş veb-saytiga hujum qilib, xodimlarga tegişli şaxsiy malumotlarni nişonga olgan. Uşbu hodisa böyiça Kanada fuqarosi bölgan kiberxavfsizlik tadqiqotçisi hibsga olingan va unga ayblovlar qöyilgan.
Bundan taşqari, 2023 yilda xakerlar FBRning Nyu-Yorkdagi bölimi tomonidan bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik holatlarini tergov qilişda foydalaniladigan kompyuter tizimiga ham kirgan. Unda Jeffri Epşteyn işiga oid tasvirlar saqlangan tizim ham bölgan.
FBR hozirça sönggi hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Şimoliy Koreya bilan boğliq xakerlar soxta videoqönğiroqlar yordamida 18 oy içida 400 million dollardan ortiq kriptovalyutani özlaştirgani haqida xabar berilgan edi.