Hamma gözal xitoylik ayollarni josus deb öylaydi – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuang atrofidagi josuslik mojarolari yuzasidan etiborga molik bayonotlar berdi. Uning aytişiça, qaçonki gözal yoki jozibali xitoylik ayol paydo bölsa, odamlar uni josus deb öylaydi. Bu haqda u CNBC efirida gapirdi.
Tramp Xuang bilan munosabatda bölgan xitoylik tadbirkor ayol Elis Xuanga qöyilgan josuslik ayblovlariga töxtalar ekan, uşbu davolarga işonmasligini aytgan.
“Qaçonki gözal yoki jozibali xitoylik ayol paydo bölsa, uni josus deyişadi. Jensen bilan boğliq holatda men buning rost ekanligiga işonmayman”, deydi u.
Eslatib ötamiz, suniy intellekt va çip texnologiyalari sohasining yetakçi arboblaridan biri bölgan Jensen Xuang nikohdan taşqari aloqasini tan olganidan söng Nvidia’dagi lavozimini tark etgan edi. Xitoylik tadbirkor ayol Elis Xuanning Pekin rahbariyati razvedka xizmatiga aloqador bölişi mumkinligi haqidagi xabarlar esa uşbu voqeaning milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan ham muhokama qilinişiga olib keldi.
“The New York Times” bilan suhbatlaşgan manbalarning sözlariga köra, Elis Xuan Jensen Xuang bilan munosabatda bölgan davrda Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligida işlagan şaxs bilan aloqada bölgan. Amerika razvedka organlari uşbu aloqalarni hamda Xitoyga maxfiy malumotlar uzatilgan-uzatilmaganini tergov qilmoqda. Xitoy rahbariyati josuslik ayblovlarini rad etmoqda.
Tramp AQŞ texnologiya sohasining atoqli arboblarini himoya qilişi kerakligini takidlab, Xuangning Nvidia rahbari lavozimiga qaytişini qöllab-quvvatladi. AQŞ Prezidenti, şuningdek, Xuangning öz lavozimiga qaytişini milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan xavf deb hisoblaşga asos körmayotganini malum qildi.

Nvidia direktorlar kengaşi qarori bilan boş direktor lavozimiga qayta tayinlangan Xuang kompaniya ştab-kvartirasiga qaytganida xodimlarning jöşqin kutib olişiga duç keldi. Xodimlardan biri Xuangning böynidan quçoqlab olgani, boşqa xodimlar esa “Jensen, Jensen” deya hayqirgani etiborga tuşdi.