USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada qiyin vaziyatga tuşib qolgan özbekistonliklar mamlakatga qaytarildi

15 марта
Россияда қийин вазиятга тушиб қолган ўзбекистонликлар мамлакатга қайтарилди

Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk şaharlarida qiyin vaziyatga tuşib qolgan özbekistonliklar ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk şaharlarida mehnat faoliyatini amalga oşiriş davrida moddiy qiyinçiliklarga duç kelgan özbekistonliklarga amaliy yordam körsatilgan.

Xususan, sirdaryolik T.S, buxorolik M.O va namanganlik T.X hamda uning farzandlari Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan Özbekistonga qaytişi taminlangan.

Qayd etilişiça, mazkur kömak xorijda muşkul vaziyatga tuşib qolgan hamyurtlarimizni qöllab-quvvatlaş, ularning xavfsizligi va manfaatlarini taminlaş yölida amalga oşirilayotgan muhim çora-tadbirlardan biri hisoblanadi.

“Özbekistonning Vladivostok şahridagi konsullik muassasasi bundan buyon ham xorijda mehnat qilayotgan va vaqtinça istiqomat qilayotgan Özbekiston fuqarolarining murojaatlarini etiborsiz qoldirmasdan, ularning muammolarini hal etiş, zarur hollarda tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam körsatiş işlarini izçil davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston elçixonasi kömagida Çexiyada qiyin hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: