USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina uruşida mingdan ortiq rossiyalik harbiy öz joniga qasd qilgani malum böldi

17 марта
Украина урушида мингдан ортиқ россиялик ҳарбий ўз жонига қасд қилгани маълум бўлди

Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan buyon 1 087 nafar rossiyalik harbiy xizmatçi öz joniga qasd qilgani malum böldi. “The Guardian” naşri uşbu malumotlarni Rossiya davlat statistika agentligining sizib çiqqan maxfiy malumotlarini tahlil qilib, aniqladi.

Naşrning yozişiça, öz joniga qasd qiliş va şubhali ölim holatlarini birga hisoblaganda, qurbonlar soni Rossiya armiyasining qariyb bir polkiga tenglaşadi. Tahlilçilar esa haqiqiy körsatkiç bundan ham yuqori bölişi mumkinligini aytmoqda.

Malumotlar Belarusning Cyber Partisans xakerlar guruhi va Ukrainaning Silent Crow jamoasi qölga kiritgan 11 milliondan ortiq ölim guvohnomasidan iborat bazaga asoslangan. Rossiya hukumati harbiylar orasidagi öz joniga qasd qiliş holatlari va uruşdagi yöqotişlar böyiça rasmiy statistikani elon qilmaydi.

“The Guardian” aniqlagan 1 087 ta holatning kamida 614 tasi Ukrainaning bosib olingan hududlari yoki Rossiyaning unga çegaradoş viloyatlarida, asosan Belgorod va Bryanskda sodir bölgan. Yana 113 ta holatda harbiylarning qayerda vafot etgani körsatilmagan.

Öz joniga qasd qilgan harbiylarning yarmidan köpi öqotar quroldan foydalangan. Bunday holatlar harbiy lagerlar, jangovar pozitsiyalar, maşğulot maydonlari va xususiy uylarda sodir bölgan. Front hududida öz joniga qasd qilganlar orasida 18–19 yoşli 43 nafar askar ham bor.

Bundan taşqari, Rossiyaning frontdan uzoq hududlarida 25 yoşgaça bölgan 108 nafar harbiy öz joniga qasd qilgani qayd etilgan. Ularning ayrimlari muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlar bölişi mumkin. Ular rasman Ukrainadagi janglarga yuborilmasligi kerak, biroq köpinça jangovar hududlarga jönatiş imkonini beradigan şartnomalarni imzolaşga majburlanadi.

Rosstat malumotlariga köra, Rossiya harbiylari orasida öz joniga qasd qiliş holatlari uruş davomida ortib borgan. 2022 yilda 50 dan ortiq holat qayd etilgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 200 dan oşgan. 2025 yilda esa 365 ta holat bilan eng yuqori darajaga yetgan.

2026 yilda malumotlar hali töliq şakllanmagan bölsa-da, bazada qariyb 300 ta holat qayd etilgan. Bu uruş boşlanganidan buyon yillik körsatkiçlar orasida ikkinçi eng yuqori natija hisoblanadi.

Rossiyalik harbiylarning xizmatdan qoçişiga yordam beruvçi “Idite Lesom” taşkiloti vakili Ivan Çuvilyayev haqiqiy raqamlar rasmiy statistikada körsatilganidan ança yuqori ekanini aytgan. Uning fikriça, frontdagi köplab ölim holatlari öz joniga qasd qiliş sifatida qayd etilmaydi.

“Rosstatning har qanday statistikasi, uruş bilan boğliq boşqa raqamlar kabi, yuqoriga uzatilgan hisobotlardan iborat”, degan Çuvilyayev.

Uning takidlaşiça, ayrim hollarda öz joniga qasd qilgan harbiylar hujjatlarda jangda halok bölgan qahramon sifatida körsatilişi mumkin. Hatto ularning oilalariga medal ham topşirilişi ehtimoli bor.

“The Guardian” maqolasida ayrim şunday holatlar ham keltirilgan. Jumladan, 62 yoşli podpolkovnik Sergey Savenok 2022 yil sentyabr oyida köngilli ravişda uruşga ketgan. 2023 yil iyul oyida u bosib olingan Lugansk viloyatida öqotar quroldan halok bölgan holda topilgan. Rafiqaciga uning öz joniga qasd qilgani aytilgan. Biroq Rosstat malumotlarida bu holat öz joniga qasd qiliş sifatida emas, balki öqotar quroldan jarohatlaniş va ölim sababi aniqlanmagan holat sifatida qayd etilgan.

Yana bir holatda 21 yoşli Aleksandr Lazorning oilasiga uning jangda halok bölgani aytilgan. Ammo u bilan birga xizmat qilgan ikki harbiy “The Guardian” naşriga bölinmadagi askarlarga Lazor öz joniga qasd qilgani malum qilinganini bildirgan. Naşrning yozişiça, Rosstat malumotlarida uning ölimi uruş harakatlari oqibatidagi öqotar qurol jarohati sifatida qayd etilgan.

Maqolada Rossiya armiyasidagi boşqa muammolar ham keltirilgan. “Mediazona” naşri malumotlariga köra, 2025 yil may oyi oxirigaça Rossiya harbiy sudlariga xizmatni bajarişdan boş tortgan 20 662 nafar harbiyga nisbatan iş kelib tuşgan. Ularning aksariyati ruxsatsiz harbiy qismni tark etganlik bilan boğliq.

IStories naşri uşbu malumotlarni tekşirib, Rossiya qurolli kuçlarining kamida 49 ming nafar harbiy xizmatçisi dezertir yoki xizmat joyini özboşimçalik bilan tark etgan şaxs sifatida qayd etilganini aniqlagan.

Foreign Policy Researç Institute katta ilmiy xodimi Rob Lining aytişiça, Rossiya armiyasida harbiylarni jangga borişga majburlaş, ularga nisbatan jismoniy zöravonlik va qiynoqlar qöllaş holatlari ham uçraydi. Uning fikriça, bunday bosim ayrim harbiylarning öz joniga qasd qilişiga sabab bölişi mumkin.

Çuvilyayev esa taşkilot yordamida harbiy xizmatdan qoçgan askarlar orasida ham öz joniga qasd qiliş fikrlari köp uçraşini aytgan. Uning sözlariga köra, askar qanday vaziyatga tuşib qolganini anglaganidan keyin bunday fikrlar paydo bölişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: