Rossiya Kiyev ballistik raketalar bilan zarba berdi
Ukraina poytaxti Kiyevning söl sohilida, metro bekatlaridan biri yaqinida yirik yonğin sodir böldi. Osmonga kötarilgan quyuq qora tutunni şaharning uzoq hududlaridan ham köriş mumkin. Yonğin Rossiyaning ballistik raketalar bilan qilingan hujumi oqibatida kelib çiqqan. Bu haqda TSN xabar berdi.
Malum qilinişiça, yonğin bugun, 26 noyabr kuni ertalab savdo markazlaridan biri yaqinida boşlangan. Dastlab mahalliy Telegram-kanallarida yonğin “Darinok” bozori hududida sodir bölgani haqida xabarlar tarqalgan.
Biroq hodisa joyi böyiça turli malumotlar berilgan. Ayrim xabarlarda yonğin “Lesnaya”, boşqalarida “Çernigovskaya” yoki “Darnitsa” metro bekatlari yaqinida yuz bergani aytilgan. Kiyev şahar harbiy mamuriyati TSN’ga yonğin poytaxtga uyuştirilgan tungi ballistik raketalar hujumi oqibatida kelib çiqqanini tasdiqlagan.
Hozirça yonğinning kölami va yetkazilgan zarar haqida batafsil malumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Stavropol ölkasidagi Nevinnomissk şahrida Ukraina dronlarining sanoat infratuzilmasiga uyuştirgan hujumi oqibatida ikki kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.