Varşavada Ukraina fuqarosi özini yoqib yubordi
Varşava şahrida Ukraina fuqarosi Polşa Prezidenti saroyi yaqinida özini yoqib yubordi. Hodisa 25 noyabr kuni keçqurun sodir bölgan. Erkakning bu harakati Polşada ukrainaliklarga nisbatan kamsitişlarga norozilik bildiriş bilan boğliq bölişi mumkin, biroq bu versiya hozirça rasman tasdiqlanmagan. Bu haqda “Meduza” naşri xabar berdi.
Malumotlarga köra, voqea Varşava markazida, Prezident saroyi qarşisida joylaşgan Polşa Içki işlar va mamuriyat vazirligi binosi yaqinida sodir bölgan. 22 yoşli yigit öz ustiga yonuvçan suyuqlik quyib, özini yoqqan. Hodisani körgan yölovçilar birinçi bölib unga yordam berişga şoşilgan. Ulardan biri öt öçirgiç olib kelib, alangani öçirgan. Fakt naşrining yozişiça, yaqin atrofda navbatçilik qilayotgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari öt öçiriş xizmati va tez tibbiy yordam çaqirgan.
Jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgan. Uning yuzi, orqasi, oyoqlari, qöllari va yuqori nafas yöllari jiddiy kuygan. Ayni vaqtda u Varşava harbiy tibbiyot institutining reanimatsiya bölimida davolanmoqda. “Miejski Reporter” naşrining xabar berişiça, uning ahvoli oğir.
Polşa Içki işlar va mamuriyat vazirligi (MSWiA) jabrlanuvçi 22 yoşli Ukraina fuqarosi ekanini malum qilgan. Senator Gjegoj Sxetina vazirlik malumotlariga tayanib, yigitning yonida Polşa fuqarosining şaxsini tasdiqlovçi hujjat bölganini qöşimça qilgan. Ukraina Taşqi işlar vazirligi esa jabrlanuvçining onasi bilan aloqa örnatgan.
Yigitning bunday harakatga nima sababdan qöl urgani hozirça nomalum. Super Express naşri uning harakatlari norozilik namoyişi bilan boğliq bölişi mumkinligini yozgan. Fakt naşri esa yigit Polşada ukrainaliklarga nisbatan kamsitişlarga qarşi norozilik bildirgan bölişi mumkinligini takidlagan.
“U Polşadagi Ukraina fuqarolariga polyaklar bilan teng munosabatda bölişni talab qilgan. Dastlabki malumotlarga köra, u öz noroziligi sabablarini körsatuvçi plakat yoki qoğoz parçasini kötarib yurgan bölişi mumkin. Undagi yozuvlarning aniq mazmuni hozirça nomalum”, deb yozgan naşr.
Radio Eska naşrining xabar berişiça, tergovçilar hozirda voqeaning ikkita asosiy sababini körib çiqmoqda. Birinçi taxminga köra, yigit siyosiy norozilik bildiriş maqsadida harakat qilgan bölişi mumkin. U Polşada ukrainaliklarga nisbatan munosabat haqida yozilgan plakatni kötarib yurgani aytilmoqda. Biroq yigitning oğir kuyiş jarohatlari olgani sababli uşbu taxminni tekşiriş qiyin keçmoqda.
Ikkinçi taxmin esa uning şaxsiy hayotidagi muammolar bilan boğliq. Norasmiy malumotlarga köra, yigit Çenstoxova texnologiya universitetida tahsil olgan va öqişida ayrim muammolarga duç kelgan bölişi mumkin.
“Miejski Reporter” naşri esa yigit Çenstoxova universitetidan haydalişi mumkin bölganini aniqlaştirgan. Naşrning yozişiça, u şundan söng ukrainaliklar va polyaklarga teng munosabatda bölişni talab qiliş uçun maxsus Varşavaga kelgan bölişi mumkin.
Polşa Içki işlar va mamuriyat vazirligi vakili Karolina Galetska “Euronews Poland” naşriga bergan intervyusida hodisa sabablari haqida xulosa çiqariş hali erta ekanini aytgan.
“Hozirda yigitning yonida plakatlar bölgan-bölmagani va ularda nima yozilganini tekşirmoqdamiz. Eslatib ötaman, u tanasining katta qismida kuyiş jarohatlarini olgan, voqea joyidan topilgan ryukzagi ham yonib ketgan. Şu sababli hozirça uning ehtimoliy harakat sabablari haqida taxmin qilişdan tiyilaman”, degan u.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri Polşa ukrainalik qoçqinlarga vaqtinçalik himoya taqdim etiş böyiça ikki milliondan ortiq qaror qabul qilgan. Bu körsatkiç Yevropa Ittifoqining boşqa har qanday davlatiga nisbatan yuqori hisoblanadi. Biroq hozirda vaqtinçalik himoya olgan ukrainaliklar soni böyiça Polşa Germaniyadan keyin ikkinçi örinda turibdi.
Sönggi yillarda Polşa jamiyatida Ukrainaga qarşi kayfiyat kuçaygani kuzatilmoqda. Şuningdek, politsiya ukrainaliklarga qarşi nafrat asosida sodir etilgan jinoyatlar haqida köproq xabar olmoqda. 2026 yil yozida esa mamlakatda ukrain millatiga mansub şaxslarga nisbatan tajovuzlarga qarşi bir qator köça namoyişlari bölib ötgan.
Şu bilan birga, Varşavadagi mazkur hodisa bilan Polşadagi ukrainaliklarga nisbatan munosabat örtasidagi boğliqlik hozirça rasman tasdiqlanmagan. Jabrlanuvçining özi oğir ahvolda bölgani sababli hozirda tergovçilarga körsatma bera olmaydi.
Eslatb ötamiz, avvalroq Polşa NATOdan Rossiya raketalari ittifoqdoş davlatlar hududi tomon yönaltirilgan taqdirda, ularni Ukraina osmonidayoq urib tuşirişni taklif qilganligi haqida habar berilgan edi.