Bunday insonni döst deb bölmaydi – Zelenskiy Trampning Putinga munosabati haqida
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumlari, AQŞning harbiy yordami va tinçlik muzokaralari borasida öz fikrlarini aytdi. Şuningdek, u AQŞ Prezidenti Donald Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni “döstim” deb ataganiga munosabat bildirib, Ukraina oldida turgan oğir qiş haqida ham gapirdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti BBC muxbiriga bergan intervyusida gapirdi.
Malumotlarga köra, intervyu 26 noyabr kuni Zelenskiyning Kiyevdagi qarorgohida bölib ötgan. Suhbat davomida u AQŞning Ukrainaga harbiy yordami borasida noroziligini bildirgan. Uning takidlaşiça, ballistik raketalarga qarşi mudofaa tizimlari uçun zarur raketalarni yetkazib berişdagi keçikişlar ukrainaliklarning hayotiga zomin bölmoqda. Şuningdek, Zelenskiy Vaşington tinçlik muzokaralarida Rossiyaga yetarliça bosim ötkazmayotganini aytgan.
Joriy yilning 21 noyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan quçoqlaşib tuşgan suratini “mening döstim” yozuvi bilan joylagan. Zelenskiy mazkur postga munosabat bildirib, Trampning harakatini ğalati deb atagan.
“AQŞ bu borada qanday yöl tutişi öz ixtiyorida, biroq uning Putin bilan bunday munosabatda bölişi menga ğalati tuyuladi. Bu Ikkinçi jahon uruşi vaqtida kimdir Gitlerni yaxşi döst deb ataşiga öxşaydi. Putin tajovuzkor va qotil. Bunday insonni döst deb bölmaydi”, deydi Zelenskiy.
Noyabr oyi boşida Abu-Dabi şahrida AQŞ, Ukraina va Rossiya delegatsiyalari örtasida tinçlik muzokaralari bölib ötgan. Tomonlar, asosan, Ukrainaning xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilgan. Biroq muzokaralarning sönggi bosqiçida sezilarli natijaga erişilmagan. Zelenskiyning aytişiça, muzokaralar dekabr oyida qayta boşlanişi kutilmoqda. U Rossiyaga bosim ötkaza oladigan “haqiqiy va işonçli ittifoqçilar” zarurligini takidlagan.
“Agar tajovuzkorga nisbatan betaraflikni haddan taşqari saqlaşga harakat qilinsa, bu jabrlanuvçilar bilan bir qatorda tajovuzkorni ham qöllab-quvvatlaşni anglatadi. Bu mutlaqo notöğri yondaşuv”, deydi Ukraina Prezidenti.
AQŞ Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik kelişuviga erişiş böyiça murakkab muzokaralarda neytral pozitsiyani egallayotganini takidlamoqda. Ayni paytda Ukraina havo hujumlaridan himoyalanişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Rossiya ballistik raketalar bilan elektr stantsiyalari va köpriklarni nişonga olmoqda. Reaktiv dvigatelli dronlar esa har kuni Kiyev markazi va boşqa yirik şaharlarga hujum qilmoqda.
Ukraina bunga javoban Rossiyadagi nişonlarga yuzlab dronlar bilan zarba bermoqda. Zelenskiyning aytişiça, Ukraina duşman dronlarining qariyb 70 foizini yöq qilişga qodir va bu körsatkiç tobora oşib bormoqda. Biroq Ukraina ballistik raketalarni tutib qolişga möljallangan raketalar taqçilligiga duç kelmoqda. Zelenskiy AQŞ Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar yetkazib berişni keçiktirayotganini bildirgan.
“AQŞ Yaqin Şarqqa ustuvor ahamiyat berib, u yerga köproq yordam yönaltirayotgani açinarli. Bu masalada javobsiz savollarimiz köp. Raketalarning yetişmasligi esa, aslida, insonlar hayoti bilan boğliq”, deydi Zelenskiy.
Şuningdek, u Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegişli Starlink suniy yöldoş aloqa tizimidan Ukrainaning bosib olingan hududlarida foydalaniş çeklanganini takidlagan. Şu sababli Ukraina Rossiyaning Şahed dronlarini urib tuşirişda qiyinçiliklarga duç kelayotgani aytilmoqda.
“Bu qarorning texnik tomoni SpaceX’ga tegişli, ammo siyosiy jihati haqida aniq malumotga ega emasman. Hozirgi vaziyat ping-pong öyinini eslatadi: biz bir tomonga murojaat qilamiz, ular esa masuliyatni boşqa tomonga yuklaydi”, – deya izoh berdi Zelenskiy.
Sönggi haftalarda Ukraina Rossiyadagi nişonlarga, jumladan, neftni qayta işlaş zavodlari, qurol-yaroğ yoki yonilği taşiyotgan kemalarga zarbalar berişni kuçaytirgan. 26 noyabr kuni Italiya boş vaziri Jorja Meloni Liviyadagi Rossiya harbiy kemasining çöktirilişi uruşning Örta yer dengiziga yoyiliş xavfini tuğdirayotganini aytgan. Zelenskiy esa mazkur hujumni oqlab, “Merkuriy” harbiy kemasini “mutlaqo qonuniy nişon” deb atagan.
Ukraina Prezidenti bunday zarbalar juda xavfli ekanini tan olgan. Ammo ittifoqçilar bilan muvofiqlaştirmasdan “heç bir hujum amalga oşmasligini” bildirgan. Prezident bu borada boşqa tafsilotlarni oşkor qilmagan. Zelenskiy Ukraina oğir va xavfli qişga tayyorgarlik körayotganini ham takidlagan. Sönggi paytlarda Kiyevga uyuştirilgan hujumlarda Dnepr daryosi ustidagi köpriklar nişonga olinmoqda. Bu hujumlar şaharning transport va logistika aloqalariga tasir körsatmoqda.
“Qiş arafasida ayrim aholi şaharni tark etdi, bazi korxonalar esa işini töxtatişga majbur böldi. Elektr taminotidagi uzilişlar va logistika infratuzilmasiga berilayotgan zarbalar biznes xarajatlarini toqat qilib bölmas darajaga yetkazdi. Şu sababli şaharning katta qismi qoronğulikda qolmoqda. Rossiya bizni poytaxtni taşlab çiqib ketişga majburlamoqçi. Ammo aholi şaharni tark etgan taqdirda ham, biz poytaxtimizni har qanday yöl bilan himoya qilişda davom etamiz. Çunki poytaxtsiz mamlakat bölmaydi”, deya xulosa qilgan Zelenskiy.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiya rahbari Vladimir Putinni “döstim” deb ataşiga munosabat bildirganligi haqida xabar berilgan edi. Uning takidlaşiça, Tramp Putinga qanday murojaat qilişi özining işi, ammo Ukraina uçun Rossiya rahbari duşman va qotil hisoblanadi.