Erdöğan judolikka uçradi
Keça, 26 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning “Qosimpaşalik Kamol afandi” nomi bilan tanilgan Quron ustozi, hofizi Quron Ali Kamol Hut vafot etdi. Bu haqda “Sözcu” xabar berdi.
Naşrga köra, bugun, 27 noyabr kuni vafot etgan hofizi Quron Ali Kamol Hut uçun Istanbuldagi Fotih masjidida janoza marosimi ötkazilgan. Marosimda Rajab Toyib Erdöğanning şaxsan özi iştirok etgan. Prezident Quron ustozi bölgan marhumning oila-azolariga va yaqinlariga taziya bildirgan va tobuti yonida ustozi haqqiga duo qilgan.

Istanbul Haseki oliy diniy ixtisoslaşuv markazi öqituvçisi doktor Aziz Çinor imomligida öqilgan janoza namozida Erdöğan bilan birga Yoşlar va sport vaziri Usmon Aşqin Bak, Sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fotih Kajir, Turkiy davlatlar bilan aloqalar böyiça rahbar Kurşad Zorlu, Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar boşqarmasi rahbari Burhoniddin Duran, Prezidentning Taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça Boş maslahatçisi Akif Çağatay Qiliç, Turkiya Buyuk Millat Majlisi Içki işlar komissiyasi raisi va Istanbul deputati Sulaymon Soylu, Istanbul gubernatori Davut Gul, Xazina va moliya sobiq vaziri Berat Albayrak, Yevropa Ittifoqi işlari sobiq vaziri va elçi Egemen Bağiş, Istanbul politsiyasi boşliği Selami Yildiz, Turkiy davlatlar taşkiloti Oqsoqollar kengaşi raisi Binali Yildirim hamda “Ilim Yayma” jamğarmasi vasiylik kengaşi raisi Najmiddin Bilol Erdöğan ham qatnaşgan.
Istanbul viloyati muftiysi, dotsent doktor Amrulloh Tunjel namozdan söng duo qilgan. Şundan keyin Ismoil Oğa masjidining nafaqadagi imom-xatiblaridan Salohiddin Atamturk marhum haqida yaxşi guvohlik sözlarini aytgan.
Prezident Erdöğan öz nutqida ustoz Ali Kamol Hutni bolaligidan, Qosimpaşadagi “Jome Kabir” masjididan tanişini aytgan. Erdöğanning aytişiça, ular örtasidagi uzoq yillik munosabatlar aynan şu yerdan boşlangan.
Erdöğan marhum keyinçalik Fotih tumanining Çorşanba mavzesiga köçib ötganini, söng Amir Buxoriyda şogirdlar tarbiyalay boşlaganini ham qöşimça qilgan.
“Bu yerda uning umri davom etdi. Keyinçalik Amir Buxoriyda şogirdlar yetiştira boşladi. Ötgan haftada u yerga sönggi bor taşrif buyurgandik. Şu taşrifdan keyin bu xabarni eşitdik. Alloh rahmatiga olsin, joyi jannatda bölsin. Parvardigor bizni Öz jannati va jamoli bilan siylasin. Biz Kamol afandini juda yaxşi körardik. U kamtarlik timsoli edi. Kamtarlik borasida unga öxşagan insonlar juda kam bölsa kerak. U şunday inson edi”, degan Turkiya Prezidenti.
Erdöğan sözining yakunida marhumning haqqiga duo qilib, yiğilganlardan ustozidan rozi bölişlarini söragan.
“Parvardigor bizni suyukli Habibining “Livoul-hamd” nomi bilan atalgan bayroği ostida jamlasin. Alloh yor va madadkorimiz bölsin. Marhum haqida yaxşi guvohliklar bildirildi. Biz ham bir guvohlik bildiramiz. Barçamiz undan rozi bölaylik. Haqqimiz halol bölsin”, deydi u.
Şundan söng, Prezident janoza maşinasiga olib çiqilayotgan ustozining tobutini yelkasiga olgan. Ali Kamol Hutning jasadi marosimdan keyin dafn etiş uçun Istanbulning Ayvonsaroy mavzesidagi Amir Buxoriy xonaqohi qabristoniga olib ketilib, dafn qilingan.